"Navbahor"ning keyingi rejalari hali aniq emas
02 dek 2015 12:38
Yangiliklar
"Navbahor"ning keyingi rejalari hali aniq emas
Odatdagidek, dekabr oyining so'nggi o'n kunligida mahalliy futbolchilar
mashg'ulotlarni boshlalashadi. Yanvar oyidan tashkil etiladigan yig'inlarda
tarkibdagi barcha futbolchilar jamlanishadi.
Olingan malumotlarga ko'ra, jamoa tarkibini ayrim futbolchilar tark etadi. Bular qatoriga S.SHixov, A.Samatov, U.Baqoev, SH.Erkinov, R.Hasanovlarni kiritish mumkin. Albatta, Baxtiyor Ashurmatovning keyingi taqdiri ushbu va boshqa futbolchilarning kelajagini aniqlab berishi mumkin.
Hozircha Ashurmatov borasida jamoa bir to'xtamga kelmagan. Agarda Baxtiyor Azamovich klubni tark etsa, o'rniga namanganlik bo'lgan yoki xorijdan mutaxassis kelishi mumkin. Har holda aksariyat muxlislar Ashurmatovni ketishini istamoqda.
O'z navbatida bir qancha mahalliy futbolchilarga ham boshqa jamoalardan takliflar bo'lmoqda. Birinchi galda Azim Ahmedov va Dilshod Jabborovlarga qiziqish baland. Ko'ramiz, "Navbahor" ushbu futbolchilarni tarkibda saqlab qolarmikin.
Ulug'bek
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar