"Navbahor"ni tark etgan Amirbek Jo'raboev "Istiqlol"ga qaytdi
07 avg 2020 13:36
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/585357_original.jpg)
![](/upload/storage/585357_220.jpg)
"Navbahor"ni tark etgan Amirbek Jo'raboev "Istiqlol"ga qaytdi
"Navbahor" jamoasi bilan xayrlashgan tojikistonlik futbolchi Dushanbening "Istiqlol" jamoasiga o'tdi.
Bir yillik tanaffusdan so'ng sobiq jamoasiga qaytgan Amirbek Jo'raboev "Istiqlol" bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi. Ushbu futbolchi 2016-2019 yillar oralig'ida dushanbeliklar sharafini himoya qilgan va ichki chempionatda bir qator sovrinlarga ega chiqqan, 2017 yilgi mavsum OFK kubogi finaliga qadar etib borgan edi. Mahoratli yarim himoyachi qadrdon jamoasida 22-raqamni tanladi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar