So’nggi yangiliklar

01:50Винисиус Жуниор: "Дунёнинг энг катта клуби ва терма жамоасида ўйнаш барчанинг орзуси"  1 01:15"Реал"нинг илтимоси рад қилинди  1 00:52Расман: Осимхен - "Галатасарой"нинг тўлақонли аъзоси!  3 00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  25 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  4 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  3 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  5 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1

"Navbahor"ga evropalik "Paxtakor"ning sobiq murabbiyi keladi Yangiliklar

"Navbahor"ga evropalik "Paxtakor"ning sobiq murabbiyi keladi

Namanganning "Navbahor" jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanadigan mutaxassis nomi malum bo'ldi.

Kecha "Buxoro"ga qarshi o'yinoldi mashg'ulotdan avval klubda yig'ilish o'tkazgan "Navbahor" rahbariyati bosh murabbiy rossiyalik mutaxassis Andrey Kanchelskisni istefoga chiqargandi.

Superliganing oxirgi to'rtta turidan buyon duranglar iskanjasiga tushib qolgan va orada Liga Kubogida "Nasaf"dan yirik hisobda mag'lubiyatga uchragan "Navbahor" Andrey Kanchelskisga chiqish eshiklarini ochdi.

"Championat.asia" saytiga malum bo'lishicha, "Navbahor"da bo'shab qolgan bosh murabbiy lavozimiga klub rahbariyati serbiyalik mutaxassis, O'zbekistonda malum muddat ishlab ketgan Deyan Jurjevichni olib kelmoqchi. Tomonlar allaqachon muzokaralarga kirishishgan. Ertaga, 24 iyun kuni Deyan Jurjevich Namanganga kelishi kutilmoqda. Aynan mazkur uchrashuvda tomonlar rasman shartnoma imzolashadi.

Deyan Jurjevich o'z vaqtida (2011-2012) "Paxtakor"da bosh murabbiy sifatida, keyinchalik O'zbekiston terma jamoasida texnik direktor lavozimida faoliyat ko'rsatgandi. Evropalik mutaxassisning oxirgi ish joyi Serbiyaning "Zemun" klubi hisoblanadi.

Deyan Jurjevich Serbiyaning OFK jamoasida chempionatda bronza medalini qo'lga kiritishga erishgan.

Qayd etish kerakki, Andrey Kanchelskis "Navbahor" rulida jami 19 o'yin o'tkazdi. Mazkur o'yinlardagi statistika esa quyidagicha: 6 g'alaba, 7 durang va 6 mag'lubiyat. To'plar nisbati: 20-22.

"Navbahor" bugun Superliganing 12-turida bugun o'z uyida "Buxoro" bilan kuch sinashadi. Mazkur bahsda jamoani mahalliy murabbiy, katta ehtimol bilan murabbiylar shtabida faoliyat ko'rsatgan Mustafo Bayramov vaqtincha boshqarib tushadi.

"Navbahor" esa katta ehtimol bilan dushanba kuni yangi bosh murabbiyi kim bo'lishini rasman elon qilishi mumkin. Deyan Jurjevich aynan dushanba kuni, yani 24 iyunda yurtimizga kelishi kutilmoqda.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика