"Navbahor"dan ketgan ruminiyalik mutaxassis "Bunyodkor"ga qaytdi Yangiliklar

"Navbahor"dan ketgan ruminiyalik mutaxassis "Bunyodkor"ga qaytdi

Bugun "qaldirg'ochlar"ning murabbiylar shtabiga yangi mutaxassis kelib qo'shildi.

Jamoa rahbariyati Avgustin CHirita bilan 2 yillik shartnoma imzolagan. U "Bunyodkor" futbolchilarining jismoniy holatiga javobgar bo'ladi. 

Malumot uchun, CHirita 1975 yil, 10 oktyabrda Ruminiyaning Slatina shahrida tug'ilgan. Futbolchilik faoliyati davomida Ruminiya, Ukraina va Isroil klublarida to'p tepgan. Murabbiylik faoliyatini Ruminiyaning "Olt" klubida boshlagan. Unga "Bunyodkor" begona emas. CHirita avvalroq Sergey Lushchan va Mirjalol qosimovga ko'maklashgan edi (2015-2018).  U, shuningdek, "So'g'diyona" va "Buxoro" jamoalari, bundan tashqari, O'zbekiston milliy terma jamoasida jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. 47 yoshli mutaxassisning so'nggi klubi "Navbahor" bo'lgan edi.

Eslatib o'tamiz, dekabr oyining oxirida Namangan jamoasi futbolchilarning jismoniy holati bilan shug'ullanish uchun serbiyalik Aleksandr Stoymirovich bilan shartnoma tuzgandi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика