So’nggi yangiliklar

01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  0 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  1 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  2 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  4 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  23 21:03Ўртоқлик учрашуви. ОКМК Беларусь клубига имкониятни бой берди  1 20:35Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  31 20:16Париж-2024. Ҳар бир терма жамоадаги катта ёшли футболчилар  8 19:49Ван Дейк NBA афсонаси Леброн Жеймс билан суратга тушди  4 19:21"Комо" Бонавентурани сотиб олмоқчи  1 18:53Mirabror Usmanov Cup-2024. Қирғиз Республикаси илк учрашувда Гватемаладан устун келди  2

"Navbahor"dan arzon tarkibga ega "Mumbay Siti" haqida Yangiliklar

"Navbahor"dan arzon tarkibga ega "Mumbay Siti" haqida

"Lochinlar"ning bugungi raqibi bilan tanishamiz.

Navbahor Namangan

Jamshid Iskandarov - 52', Jasur Yakhshiboev - 58', Doniyor Abdumannopov - 88'

AFC Champions League Grp. D . 2-tur

03/10/2023, 19:00

0
:
3
Tugadi

Mumbai City FC

45'
90'
52'  Jamshid Iskandarov
52'  Jasur Yakhshiboev
58'  Jasur Yakhshiboev
58'  Oston Urunov
62'  Ibrokhim Yuldoshev
73'  Toma Tabatadze (Temurkhuja Abdukholiqov)
83'  Jasur Yakhshiboev (Asad Sobirzhonov)
83'  Oston Urunov (Doniyor Abdumannopov)
88'  Doniyor Abdumannopov
88'  Temurkhuja Abdukholiqov
90'  Jamshid Boltaboev (Muzaffar Muminov)
90'  Jamshid Iskandarov (Azimzhon Akhmedov)
90'  Azimzhon Akhmedov
43'  Greg Stewart
58'  Lallianzuala Chhangte (Abdenasser El Khayati)
66'  Jorge Pereyra Diaz
70'  Vikram Partap Singh (Bipin Singh Thounaojam)
87'  Lalengmawia Ralte (Gurkirat Singh)

Hindiston deganda bollivud olami ko'z oldimizga keladi. Lekin ayrim pallalarda kino va futbol olami bir yo'lda kesishganini ko'rganmisiz? "Navbahor"ning raqibi "Mumbay Siti" shunday jamoalardan biri hisoblanadi. OCHL tarixida o'tgan mavsumga kelibgina guruh bosqichida Hindiston jamoasi ishtirok etdi va bu joriy mavsumda ham takrorlanadigan bo'ldi. 


Klub haqida

2014 yil 30 avgust kuni rasman klub sifatida tashkil qilingan. O'sha yilning aprelida hindistonlik aktyor Ranbir Kapur Bimal Parex bilan birga "Mumbay Siti" akciyalari uchun tenderda g'olib chiqqan. SHu yili klub "Manchester Siti" sobiq ustozi Piter Ridni murabbiy sifatida elon qildi. Rid "Arsenal"da to'p tepgan shveciyalik Freddi Yunberg unga ko'maklashdi. Keyingi yillarda Mumbayda Jahon yulduzlaridan Nikolas Anelka, Diego Forlan to'p tepdi. 

 Klub tashkil qilinganiga 2 yildan so'ng mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi. 2019 yilning 28 noyabrida "Abu-Dabi United Group" sho'ba korxonasi bo'lgan "City Football Group" klubning 65% ulushini sotib olgani va "Mumbay Citi"ni "shaharliklar" guruhiga sakkizinchi klub sifatida qo'shib olgani malum bo'ldi. 2020/2021 yilgi mavsumda tarixda birinchi marotaba ham chempionat, ham ligada g'olib chiqdi. "Mumbay Siti" ketma-ket ikki mavsumdan buyon chempionlikni hech kimga bermay kelmoqda. 

Jamoani bugungi kunda angliyalik mutaxassis Dez Bakingem boshqarmoqda. 38 yoshli murabbiy Yangi Zelandiyaning turli yoshdagi va milliy terma jamoasida assistent, bosh murabbiy lavozimlarida faoliyat olib borgan. Umuman klub tashkil qilingandan buyon jamoani faqat xorijlik murabbiylar boshqarmoqda. 

Jamoa uy uchrashuvlarini 7 960 nafar tomoshabinga mo'ljallangan "Mumbay futbol arena"da o'tkazadi. "Navbahor" dekabr oyida mazkur o'yingohda mehmon bo'ladi. 


Tarkibi va legionerlar 

Tarkibning deyarli 23 foizini legionerlardan iborat. Alberto Noguera (Ispaniya), Nasser El Xayati (Marokash), Yoel van Neif (Niderlandiya), Rostin Griffits (Avstraliya), Tiri (Ispaniya), Jorje Pereyra Diaz (Argentina), Greg Styuart (SHotlandiya). Ular orasida "Paxtakor"da omadi chopmagan Rostin Griffitsni tanidingiz, deb o'ylaymiz. Jamoaning o'rtacha yoshi 25,4ni tashkil qiladi. 

"Mumbay Siti" - "Navbahor". Qaysi jamoaning tarkibi qimmatroq? 

"Mumbay Siti"ning tarkibi transfermarket portali bo'yicha 5,78 million evroga, "Navbahor" 10, 39 million evroga baholangan. Namangan jamoasi raqibidan deyarli 2 barobar qimmat ekanini ko'rishimiz mumkin. "Lochinlar" safida Jamshid Iskanderov eng qimmat futbolchilar qatorini boshqarib turgan bo'lsa (850 ming evro), Yoel van Neif (500 ming evro). Malumot uchun, Superliganing "Neftchi" (6,03 million evro), OKMK (6,76 million evro), "Nasaf" (7,65 million evro), "Paxtakor" (11,20 million evro) jamoalari "Mumbay Siti"dan qimmatroq hisoblanadi.

Klubda mahalliy o'yinchilar bilan bir qatorda legionerlar ham to'p tepadi. Namanganliklarga qarshi o'yin oldidan jamoada eng yuqori maosh oladigan futbolchilar bilan tanishamiz.

Greg Styuart (SHotlandiya): yillik ish haqi — 218400 funt-sterling;

Alberto Nogera (Ispaniya): yillik ish haqi — 182000 funt-sterling;

Xorxe Pereyra Dias (Argentina): yillik ish haqi — 161200 funt-sterling;

Lallianzuala CHhangte (Hindiston): yillik ish haqi — 104000 funt-sterling.


Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика