“Navbahor”da yangi legioner
21 jan 2019 16:53
Yangiliklar
“Navbahor”da yangi legioner
Mazkur yig'in davomida jamoa murabbiylari bir qator yangi futbolchilarni ham ko'rikdan o'tkazishni rejalashtirishgan. Kecha rasmiy telegram kanalimiz orqali “lochinlar” safiga 2 nafar eronlik o'yinchi qo'shilgani haqida xabar bergandik. Bugun ham “Navbahor” lageriga yangi legioner qo'shildi. Bu rossiyalik yarim himoyachi Ivan Solovyov.
Solovyov 1993 yilning 29 martida tug'ilgan. Futbolchilik faoliyati davomida Rossiyaning “Dinamo” (Moskva), “Zenit” (Sankt-Peterburg), “Amkar” (Perm), “Fakel” (Voronej), “Dinamo” (Sankt - Peterburg) va Finlyandiyaning “Laxti” (Laxti) klublarida o'ynagan. O'tgan mavsumni Rossiyaning “Sochi” jamoasi tarkibida o'tkazgan.
Solovyovning harakatlari “Navbahor” murabbiylariga maqul kelsa, u bilan shartnoma imzolanadi.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar