So’nggi yangiliklar

01:28"Атлетико" "Манчестер Сити" футболчиси учун 75 млн. евро таклиф қилди  0 01:20Париж-2024. Франция - Миср  5 01:11Саидазамат Мирсаидов: “Навбаҳор”га соврин ютиш учун келганман”  6 23:51Нико Уильямснинг "Барселона"га ўтишига унинг акаси қаршилик қилмоқда  2 23:10Париж-2024. Испания олимпия ўйинлари финалига чиқди  15 22:24Грузия терма жамоаси вакили "Ливерпуль"га ўтиши мумкин  2 21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  1 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  4 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  1 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  6 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  1 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  2 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3

"Navbahor"da yana bir rossiyalik murabbiy ishlaydi Yangiliklar

"Navbahor"da yana bir rossiyalik murabbiy ishlaydi

Xabaringiz bor, o'tgan haftada Namanganning “Navbahor” klubida rossiyalik mutaxassis Andrey Kanchelskis bosh murabbiy sifatida ish boshlagandi.

15 oktyabr kuni yana bir rossiyalik mutaxassis Aleksey Ilich Belenkov Namanganga keladi. Belenkov parvoz qilgan samolyot shu kuni ertalabki soat 6:30da Namangan aeroportiga qo'nadi. Mazkur mutaxassisni “Navbahor” PFK vakillari va muxlislarning kutib olishlari rejalashtirilmoqda.

Aleksey Belenkov 1957 yilning 26 martida Rossiyaning Moskva viloyatida tug'ilgan. Futbolchilik faoliyati davomida “Torpedo” (Moskva, 1974-1977), CSKA (Moskva, 1978-1980), “Lokomotiv” (Moskva, 1981-1982) klublarida to'p surgan. SHuningdek, sobiq ittifoq U-19, sobiq ittifoq U-21terma jamoalarida ham o'ynagan.

Aleksey Belenkov

Murabbiylik faoliyatida davomida esa Rossiyaning “Pele” (1992), “Torpedo - MKB” (1993), “Titan” (1994-1995, 1997-1998), “SHinnik” (1996), “Saturn-2” (2000), “Saturn- Ren-TV” (2001-2002), “Sokol” (2003), “Ximki” (2004, 2012-2013), “Saturn” (2005-2006), CSKA (o'rinbosarlar, 2008), “Alaniya” (2009), “Torpedo - ZIL” (2010), “Ufa” (2011), “Dinamo” (Bryansk, 2012), “Torpedo” (Moskva, 2014-2015), “Solyaris” (2016) va Qozog'istonning “SHaxtyor” (Qarag'anda, 2004) klublarida ishlagan. 2016 yildan buyon ayni paytgacha Rossiyaning “Tom” (Tomsk) jamoasida faoliyat olib borayotgandi.

Kelasi haftadan esa Aleksey Belenkov “Navbahor”da yordamchi murabbiy sifatida ish boshlaydi.

Ayni paytda “Navbahor”ning murabbiylar shtabidan Andrey Kanchelskis, SHavkat Abduxo'jaev, Durbek Umaraliev,  Mustafo Bayramov va Azam Rajabbaev o'rin olishgan.

 

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика