"Navbahor": Yoshlarimiz mag'lubiyatga uchrashdi
29 jan 2017 20:44
Yangiliklar
"Navbahor": Yoshlarimiz mag'lubiyatga uchrashdi
Birinchi o'yinda futbolchilarimiz Farg'onaning Istiqlol jamoasi bilan bahs olib borishdi. O'yin davomida yoshlarimiz yomon tarzda harakat qilishgani yo'q. Aksincha ayrim vaziyatlarda raqibdan ustunlik ham qilishdi. Gol urish uchun Islom Abduqodirov, Ilhom Aliboev va Bobir Tillaboevlarda imkoniyatlar ham bo'lsada futbolchilarimiz vaziyatlarda foydalana olishmadi. Lekin, yakunda “Istiqlol” futbolchisi tomonidan urilgan gol farg'onaliklarning 1:0 hisobidagi g'alabasini taminladi. Yagona gol uchrashuvning yakuniy qismida urilganligi va bu vaziyatda gol muallifini o'yindan tashqari holatda turganligini ham qo'shimcha qilish joiz. Bu paytga kelib yoshlarimiz maydonda kamchilik bo'lib qolishgandi. G'olibbek Karimovni qoidani buzdi deb topgan hakam qizil kartochka ko'rsatgandi. Murabbiylarimiz o'yin davomida hakamlarning noto'g'ri qarorlari ham mag'lubiyatga sabab bo'lganligini etirof etishdi. Futbolchilarimiz navbatdagi uchrashuvni 31 yanvar kuni Andijonning “O'zDongJu” jamoasiga qarshi o'tkazishadi.
Uchrashuvni “Navbahor” yoshlari quyidagi tarkibda o'tkazishdi: Mirzohid Mamatxonov, Javohir Olimjonov, Hojiakbar Yunusov, SHahzod Hamidov, G'olibbek Karimov, Akbarali Xoldorov (Iskandar Sidiqjanov), SHohruhmirzo Ahmadaliev, Ahmad Mamadaliev (Omonullo Mirzaev), Islom Abduqodirov (Ibrohim Ismoilov), Ilhom Aliboev (Abdulaziz Jalilov), Bobir Tillaboev (Abbos G'ulomov).
Fikrlar