So’nggi yangiliklar

02:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ювентус" минимал ҳисобда енгиб, чорак финалга йўл олди  38 00:50"Арсенал" Гёкереш билан деярли келишиб олди  0 00:25Премьер лигага қайтган "Сандерленд" ўз тарихидаги рекорд трансферни амалга оширди  0 23:50Александр Ляказетт Саудия Арабистони юқори дивизиони дебютанти таркибига бориб қўшилди  1 22:45"Вест Ҳем" молиявий фейр-плей сабаб Кудусни "Тоттенхэм"га арзонроққа сотиши мумкин  0 21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатчи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  6 21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  2 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  3 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  3 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2

"Navbahor": Yoshlarimiz Andijondagi turnirda qatnashishadi Yangiliklar

"Navbahor": Yoshlarimiz Andijondagi turnirda qatnashishadi

Teglar :  NavbahorAndijon
Mavsumga tayyorgarlikni Namanganda olib borayotgan "Navbahor" yoshlari 15-24 fevral kunlari Andijon shahrida bo'lib o'tadigan “Andijon viloyati hokimi kubogi-2017” musobaqasida ishtirok etishadi.

Bugun ushbu turnir o'yinlar taqvimi tasdiqlandi. Musobaqada vodiyning sakkiz jamoasi ikki guruhga bo'lingan holda bahslarga kirishadi. Yosh “navbahorchilar” “A” guruhida Farg'onaning “Neftchi”, Andijonning “O'zDongJu” va “O'zTongXongKo” jamoalari bilan kuch sinashishadi. Dastlabki uchrashuv 15 fevral kuni “Neftchi” jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi.

“V” guruhidan esa “Andijon”, Farg'onaning “Istiqlol”, Uychining “Xotira-79” va Haqqulobodning “Norin” jamoalari joy olishdi. Guruh uchrashuvlari 20 fevral kuni yakunlanadi. Guruhlarda dastlabki ikki o'rinni egallagan jamoalar yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritishadi. Yarim final o'yinlari 22 fevral sanasiga belgilangan bo'lsa hal qiluvchi final bahsi 24 fevralda o'tkaziladi. Turnirdan o'rin olgan barcha uchrashuvlar Andijon shahridagi ixtisoslashtirilgan futbol maktab-internatining suniy qoplamali maydonida o'tkaziladi.

Musobaqa taqvimi
“A” guruh
1-tur, 15 fevral
“O'zDongJu” – “O'zTongXongKo”
“Neftchi” – “Navbahor”
2-tur, 17 fevral
“O'zDongJu” – “Neftchi”
“O'zTongXongKo” – “Navbahor”
3-tur, 19 fevral
“Navbahor” - “O'zDongJu”
“Neftchi” - “O'zTongXongKo”

“V” guruh
1-tur, 16 fevral
“Andijon” – “Xotira-79”
“Istiqlol” – “Norin”
2-tur, 18 fevral
“Andijon” – “Istiqlol”
“Xotira-79” – “Norin”
3-tur, 20 fevral
“Norin” – “Andijon”
“Istiqlol” – “Xotira-79”

Yarim final
22 fevral
“A-1” – “V-2”
“V-1” – “A-2”

Final
24 fevral

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика