So’nggi yangiliklar

01:52А Серия. "Болонья" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 00:05Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида ғалаба қозонди, "Сўғдиёна" автогол урди, "Динамо" эса сафарда ишончли ҳисобда зафар қучди  0 23:36"Реал" бир неча ҳафтадан бери Салибанинг вакиллари билан музокаралар олиб бормоқда. "Арсенал" ҳимоячиси - испанияликларнинг устувор мақсади  2 23:02А Серия. "Рома" ўз уйида "Фиорентина"ни мағлуб этиб, тўртинчи ўринга кўтарилиб олди, Шомуродов ғалаба голига ассистентлик қилди  45 22:27АПЛ. "Челси" ўз уйида ўтган турда чемпионликни расмийлаштирган "Ливерпуль"ни мағлуб этди  21 22:25Бундеслига. "Байер" очко йўқотди, "Бавария" — 2024/25 йилги мавсум чемпиони! Кейнда илк соврин  6 22:21Суперлига. "Динамо" "Шўртан" майдонида ишончли ғалабага эришди  31 22:08Левандовски "Интер" билан баҳсда ҳаракат қилиши мумкин, Бальде эса ўйинда иштирок этмайди  2 21:41"Пиза" 34 йилдан сўнг А Серияга қайтди  7 21:10ОПЛ. "Сумқайит" меҳмонда "Қорабоғ"га мағлуб бўлди, Абдихолиқов тўлиқ ўйнади, Жалолиддинов эса захирадан майдонга тушди  3 21:07"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ўйинчиси билан музокараларни бошлади  3 21:05Суперлига. Навоийда бугун байрам. "Қизилқум" уйга қайтган ўйинда "Навбаҳор"ни мағлуб этди  179 20:35РПЛ. ЦСКА меҳмонда "Ахмат" билан дуранг ўйнади, Файзуллаев тўлиқ ўйнади ва огоҳлантирилди  7 20:02АПЛ. МЮ "Брентфорд"га мағлуб бўлди, "Ньюкасл" ва "Тоттенхэм" ўз ўйинларида дуранг қайд этишди  4 19:55“Сўғдиёна“ Фарғонада иккита гол урган баҳсда “Нефтчи“ 2:1 ҳисобида ғалаба қозонди  33

"Navbahor" yangi futbolchilarni tanishtirdi FOTOGALEREYA Yangiliklar

"Navbahor" yangi futbolchilarni tanishtirdi FOTOGALEREYA

Bugun Navbahor jamoasining taqdimot marosimi bo'lib o'tdi.
Navbahor o'yingohining anjumanlar zalida bo'lib o'tgan tadbirda Namangan viloyati rahbarlari, shahar, tuman hokimlari, jamoa homiylari, viloyat futbol federaciyasi, Navbahor futbol klubi rahbarlari, Navbahor murabbiylar shtabi, jamoa azolari, OAV vakillari va bir guruh muxlislar ishtirok etishdi.

O'tgan mavsum yakuniga ko'ra tarkib o'zagi saqlab qolingani bois murabbiylar shtabi qishki yig'in chog'ida chiziqlarni yanada kuchaytirish maqsadida bir qator futbolchilarni ko'rikdan o'tkazishdi. Yakunda taklif etilganlarning sakkiz nafari bilan shartnoma imzolashga qaror qilindi. Taqdimot marosimida bu yildan Navbahor azosiga aylangan futbolchilarga jamoa liboslari topshirildi.

Taqdimot marosimini Namangan viloyat futbol federaciyasi birinchi vice-prezidenti Bahromjon Xolmirzaev ochib, yig'ilganlarni yaqinlashib kelayotgan futbol bayrami bilan qutlab, so'zni Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol federaciyasi prezidenti Bahodir Yusupovga berdi. Viloyatimiz rahbari ham barchani yaqinlashib kelayotgan futbol va bahor bayrami bilan barchani muborakbod etdi.

SHu bilan birgalikda, Navbahor jamoasi futbolchilaridan yangi mavsumda muxlislarni yanada xursand qilish uchun bor kuch va mahoratlarini ishga solishlarini takidlab o'tdi.

SHundan so'ng mavsumlar oralig'ida Navbahor azosiga aylangan futbolchilarga jamoa liboslari tantanali ravishda topshirildi. Futbolchilarga jamoa liboslarini viloyat hokimi Bahodir Yusupov topshirdi. Unga ko'ra Jizzaxning So'g'diyona jamoasidan taklif etilgan darvozabon Aleksandr Melenchuk 1, Olmaliq klubidan chaqirilgan Timur Kagirov 4, Metallurgdan jalb etilgan Sunnatilla Mamadaliev 6, Dinamodan taklif etilgan Sanat SHixov 7, Bobojonov Azamat 17, Mashaldan chaqirilgan Muydin Mamazulumovlarga 25-raqamli futbolkalar topshirildi.

Yangi mavsumda Navbahor sharafini himoya qiladigan yana bir yangi futbolchi Ulug'bek Baqoev oilaviy sabablarga Buxoroga jo'nab ketganligi sababli taqdimot marosimida qatnasha olmadi.

Futbolchilarga futbolkalar topshirib bo'lingach, Navbahor futbol klubi rahbarlari viloyat hokimi Bahodir Yusupovga 50-raqamli futbolka va klub tomonidan tayyorgarlan maxsus sovg'alar topshirildi. Navbahor futbol klubi prezidenti To'lqin Dadaboevga esa 30-raqamli futbolka va sovg'a topshirildi. SHuningdek, klub tomonidan tayyorlangan va klub ramzi tushirilgan maxsus sovg'alar shahar, tuman hokimlari va jamoa homiy tashkilot rahbarlariga ham topshirildi. hokimlar va homiy tashkilot rahbarlarining familyasi yozilgan maxsus futbolkalarni tantanali ravishda topshirilishi esa yig'ilganlarni kayfiyatini ko'tarib, taqdimot marosimiga o'zgacha shuhk qo'shdi.

Taqdimot marosimi so'nggida, jamoa sardori Dilshod Jabborov va etakchi o'yinchilardan biri Ilhom Boydedaevlar so'zga chiqib, rahbariyat tomonidan bildirilgan ishonch va etibor uchun minnatdorchilik bildirib, mavsum davomida namanganlik muxlislarni chiroyli o'yinlar va g'alabalar bilan xursand qilishga vada berishdi.

Yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimida Navbahor futbol klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi va jamoa azolari Asror tekstil korxonasining D.Maretti kostyum shimlari bilan taminlaganligi uchun futbol klubi rahbariyati tomonidan minnatdorchilik bildirildi. o'z navbatida korxona rahbariga viloyat hokimi B.Yusupov futbol klubi tomonidan tasis etilgan sovg'a topshirdi.
Taqdimot marosimi yakuniga etgach, Navbahor futbol klubi vice-prezidenti Rasuljon Nizambaev va jamoa bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov va Navbahor muxlislari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv chog'ida jamoa ishqibozlari o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.


foto: SHerzod Hamdamov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика