So’nggi yangiliklar

17:10CAFA Nations Cup. Ўмон Ҳиндистон билан 3-ўрин учун беллашмоқда (онлайн ҳисоб)  3 17:02CAFA Nations Cup финалига мезбонлик қилаётган "Олимпия" стадионидан ГАЛЕРЕЯ  5 16:23"Барселона" Фликнинг асосий футболчиларидан бири билан янги шартнома имзоламоқчи  0 15:55Шомуродов ва Файзуллаев ўйнаётган "Истанбул Башакшеҳир" бош мураббийи истеъфога чиқарилди  3 15:35Жанни Инфантино ўзбек спорти раҳбарияти билан ҳамкорликда Олимпия шаҳарчасида бўлди  3 15:11Али Алиев Қозоғистон терма жамоасидаги шармандаликдан сўнг истеъфога чиқди  5 14:25"Манчестер Сити" футболчиси Қозоғистон билан ўйиндан сўнг Дастан Сатпаевни мақтади  5 13:58"Бу Эрон терма жамоасида "олтин авлод"нинг охирги даври бўлиши мумкин" — эронлик журналист  3 13:32Эрон ҳамда Ўзбекистон ўртасидаги финални ким бошқариб боради?  5 13:12Ямаль Туркияда паспортини йўқотди  7 12:56Осиёнинг 2007 йилдаги энг яхши мураббийи Рауф Инилеев 75 ёшда!  5 12:35ФИФА офсайднинг янги қоидасини тасдиқлади  20 12:06Моуринью "Фенербахче"дан ишдан бўшатилишининг асл сабаби маълум  2 11:39Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин бошлади: олдинда Черногория ва Венгрия билан ўйинлар бор  9 11:00"Милан" футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  0

“Navbahor” yangi futbolchilarini keng ommaga tanishtirdi Yangiliklar

“Navbahor” yangi futbolchilarini keng ommaga tanishtirdi

Teglar :  NavbahorTanishtiruv
Avval xabar berganimizdek, “Navbahor” jamoasi bugun tushlikdan so'ng taqdimot marosimini o'tkazdi.

Mazkur tadbirni keng tarzda yoritish maqsadida Namangandagi “Markaziy” stadionga kirib borar ekanmiz, u erda ajoyib futbol atmosferasiga guvohi bo'ldik. Klub rahbariyati stadion mamuriyati bilan hamkorlikda taqdimot marosimini ko'tarinki ruhda tashkil etish uchun yaxshigina scenariy ishlab chiqqanini ko'rish mumkin.



Taqdimot marosimini taniqli sharhlovchi Mirzahakim To'xtamirzaev olib bordi. Marosimga Namangan viloyati hokimi SHavkat Abdurazzaqov tashrif buyurdi. Unga shahar hokimi, viloyat futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti, hamda klub prezidenti hamrohlik qildi.



“Navbahor” murabbiylar shtabi va futbolchilar mazkur tadbirga chiroyli kostyum-shim liboslarida bir xilda kirib kelgani, etiborimizni tortdi.



SHuningdek stadionga kelgan muxlislarga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida tadbir tashkilotchilari elimiz suygan sanatkorlar Ravshan Komilov va Iskandar Hamroqulovni taklif etgani ayni muddao bo'ldi deyish mumkin. 



Ayniqsa namanganlik so'z ustasi Iskandar Hamroqulovning hangomalari tadbir ishtirokchilariga xursandchilik ulashdi.



Tadbirda kutilganidek, futbolchilarning bu yil qaysi raqamda o'ynashlarini rasman elon qilinib, viloyat hokimi tomonidan o'yinchilarga futbolka topshirish marosimi ham o'tkazildi.

Yangi futbolchilar qayci raqamlarni olishdi:
35. Rahimjon Davronov
4. Farhod Mirahmatov
5. Xushnud Avilov
10. Quvondiq Ro'ziev
18. Bahrom Abdurahimov
28. Nikola Tasich
67. Marko Putinchanin
88. Slavisha Stoyanovich

Quyidagi futbolchilar esa o'z raqamlarini o'zgartirishdi:

6. SHerzod G'ulomjonov
8. Sardor Telyakov
17. Ehsoni Panshanbe
24. Davron Hoshimov



Taqdimot marosimining so'nggida “Markaziy” stadionda jamoaviy suratga tushildi. 




Tanishtiruv marosimidan to'liq fotogalereyani (43ta surat) saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilish mumkin. FOTOGALEREYA

Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика