So’nggi yangiliklar

12:00Лунин қарор қилди  0 11:28МЮ ва "Арсенал" товон пули 85 млн евро бўлган "Интер" футболчисига қизиқмоқда  0 11:02Жасур Абдураимов Биринчи лига жамоаси бош мураббийига айланди  1 10:20"Истанбул Башакшехир" Шомуродовнинг трансфери учун қанча сарфлаши маълум  6 09:48"Насаф" қизиқаётган Ратиньонинг товон пули маълум  7 09:23"Сурхон" етакчиларидан бири иккинчи даврани "Динамо"да ўтказади  2 08:52Эшитдик-да. Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси "Пахтакор"да  9 08:25Ўзбекистон МТЖнинг собиқ аъзоси Эрон клубига ўтишга яқин  3 07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" ва "Палмейрас" ўртасидаги баҳс якунланди  17 07:44Суперлига. Бугун 15-тур давом эттирилади  3 07:15Дориевнинг дубли "Сўғдиёна"га "Қўқон-1912" устидан ғалаба тақдим этди, "Сурхон" - "Бухоро" баҳсида эса мухлислар гол кўришмади  1 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" "Ал Ҳилол"ни мағлуб қилиб, ярим финалга йўл олди!  41 01:50Кайл Уокер "Бернли"га ўтишга яқин  2 01:23"Комо" 19 ёшли ҳужумчи учун 14 миллион тўлади  0 00:57Расман: "Ювентус" "Лилль" тарихидаги энг яхши тўпурар билан шартнома имзолади  4

“Navbahor” – “Xorazm” uchrashuvi oldidan Yangiliklar

“Navbahor” – “Xorazm” uchrashuvi oldidan

Ertaga O'zbekiston kubogining 1/16 finalida “Navbahor” Urganchning “Xorazm” klubini qabul qiladi.

Mamlakat kubogidagi raqibimiz “Xorazm” jamoasi 1994 yili O'zbekiston chempionatining birinchi ligasida “Dinamo” nomi bilan ishtirok etishni boshlagan. Ikki mavsum davomida quyi ligada ishtirok etgan urganchliklar 1995 yil yakuniga ko'ra oliy ligada qatnashish huquqini qo'lga kiritishdi. 1997 yildan esa jamoa "Xorazm" nomi ostida mamlakat chempionatining oliy va birinchi ligalarda faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Urganchliklar o'tgan vaqt davomida bir necha bor "elita"ni tark etishga majbur bo'lishgan. 2008 yil yakunlariga kqra yana kuchlilar safiga qaytgan "Xorazm" 2010 yilgi chempionat yakuniga ko'ra oliy liga bilan xayrlashgan. SHundan beri jamoa birinchi liga musobaqalarida qatnashib kelmoqda.

Mamlakat kubogida ham 1994 yildan beri qatnashayotgan urganchliklar musobaqadagi ishtiroklarini asosan dastlabki bosqichlarda yakunlashga majbur bo'lishgan. 2009 yili “Xorazm” chorak finalda to'p surish imkoniyatiga ega bo'lgan. Ammo, urganchliklar mazkur bosqichda Qarshining “Nasaf” klubidan 1:4 hisobida mag'lubiyatga uchrab, kubokdagi yurishlarini to'xtatishga majbur bo'lishgan.

“Xorazm” “Navbahor” bilan O'zbekiston kubogi doirasida bir marta kuch sinashgan. 2007 yilgi musobaqaning dastlabki bosqichida Urganchda mezbonlik qilgan “Xorazm” futbolchilarimizga 0:6 hisobida imkoniyatni boy bergan. 2007 yilning 9 mart sanasida o'tkazilgan uchrashuvdagi hisobni 26-daqiqada ayni paytda jamoamiz murabbiylar shtabida faoliyat yuritayotgan SHerzod SHaripov penaltini aniq amalga oshirish orqali ochgandi. Konstantin Boev (42,45), Abduaziz Sultonov (72,90+1) ikkitadan gol urishgan bo'lsa yana bitta golga Dilshod Jabborov (51) mualliflik qilgan. Sultonov va Jabborovlar hozirda ham “Navbahor” sharafini himoya qilishayotganliklari sababli o'zaro o'yinlardagi gollari sonini oshirib olish imkoniga egalar.

Namangandagi “Markaziy” o'yingohda bo'lib o'tadigan uchrashuvni toshkentlik Ahmadjon Ergashev boshqarib boradi. Ergashevga qanotlarda jizzaxlik SHavkat Fayziev va Toshkent viloyatilik Sultonmurod Ulfatovlar yordam berishadi. Zaxiradagi hakam sifatida buxorolik Elyor Tursunov qayd etilgan. Nazoratchi hakam vazifasi esa toshkentlik Oleg Rubakov zimmasiga yuklatilgan. Eslatib o'tamiz, “Navbahor” - “Xorazm” uchrashuvi soat 16.00da boshlanadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика