So’nggi yangiliklar

08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  7 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  8 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3

Navbahor vodiy chempioni! Yangiliklar

Navbahor vodiy chempioni!

Teglar :  Navbahor
Navbatdagi chempionat yakuniga etgach mavsum yakunlariga oid turli xil qiziqarli malumotlar berib borilmoqda.

2015 yilgi chempionatda vodiyning to'rtta jamoasini oliy ligada qatnashganligidan xabaringiz bor. O'zbek futbolida o'z o'rniga ega bo'lgan “Neftchi”, “Navbahor”, “Andijon” va “Qo'qon-1912” jamoalari ishtirokidagi uchrashuvlar doimo murosasiz va keskin kurashlar ostida o'tib keladi. SHu sababli, yurtimizda “vodiy derbi”lariga bo'lgan qiziqish har safar yuqori bo'lib kelgan. Aksariyat klublarimizning muxlislari uchun qolgan o'yinlardar ko'ra vodiydagi raqiblarni mag'lubiyatga uchratish muhim sanaladi.

2015 yilgi chempionat yakunlariga ko'ra oliy ligada qatnashgan vodiy klublarining o'zaro natijalarini ajratgan holda o'ziga xos qiziq bir musobaqaga asos solish mumkin. Qatnashchilar mintaqalarga bo'linganda ularni ko'rsatkichlarida ham o'zgarishlar kuzatiladi. Masalan, “Neftchi” klubi joriy yilgi chempionat yakuniga ko'ra umumiy jadvalda vodiydagi barcha jamoalarni ortda qoldirdi. O'zaro uchrashuvlarda qayd etilgan natijalar inobatga olinganida esa “Navbahor”ni peshqadam bo'lganligi oydinlashadi. SHu sababdan qaysidir manoda “Navbahor”ni vodiy chempioni deb atash ham mumkin bo'ladi. Ashurmatov shogirdlari vodiyning qolgan jamoalari bilan o'tgan uchrashuvlarda 12 ochko to'plashga erishdi. Bu borada farg'onaliklar “lochinlar”dan uch ochkoga ortda qolishdi.

Umuman olganda vodiy klublari o'zlari ishtirokidagi o'yinlarda tomoshabin to'plash borasida qolganlarga qaraganda yaxshiroq ko'rsatkichga ega ekanliklarini amalda namoyish etishdi.

Xususan, vodiy vakillarining o'zaro o'tkazilgan 12 ta uchrashuvini bevosita stadionlarda 97728 nafar muxlis tomosha qilgan. Bu o'rtacha har bir o'yinga 8144 nafardan tomoshabin degani. Misol uchun XXIV milliy chempionatimizdan o'rin olgan 240 uchrashuvni o'yingohlarda 1 260 022 tomoshabin tomosha qilgan. O'rtacha har bir o'yinga 5250 nafardan muxlis. O'rtadagi farq deyarli 3000 muxlisni tashkil etmoqda.

Quyida o'zaro uchrashuvlardagi natijalar va vodiy jamoalarining o'zaro hisob-kitobidan keyin yuzaga kelgan jadval bilan tanishasiz.

1-davra
Neftchi - Navbahor - 1:0 (3-tur)
Qo'qon-1912 - Andijon - 0:0 (4-tur)
Andijon - Navbahor - 3:2 (9-tur)
Andijon - Neftchi - 0:4 (11-tur)
Qo'qon-1912 - Navbahor - 0:1 (11-tur)
Qo'qon-1912 - Neftchi - 1:2 (13-tur)

2-davra
Navbahor - Neftchi - 1:0 (18-tur)
Andijon - Qo'qon-1912 - 1:2 (19-tur)
Navbahor - Andijon - 1:0 (24-tur)
Neftchi - Andijon - 0:1 (26-tur)
Navbahor - Qo'qon-1912 - 2:1 (26-tur)
Neftchi - Qo'qon-1912 - 0:1 (28-tur)


#    

Jamoalar      

O'    

YU    

D     

M     

T-N    

O    

1

Navbahor

6

4

0

2

7-5

12

2

Neftchi

6

3

0

3

7-4

9

3

Qo'qon-1912

6

2

1

3

5-6

7

4

Andijon

6

2

1

3

5-9

7


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика