"Navbahor" va "So'g'diyona" 17 yildan so'ng kubokda uchrashmoqda
14 okt 2022 12:37
Yangiliklar
"Navbahor" va "So'g'diyona" 17 yildan so'ng kubokda uchrashmoqda
Navbahor Rustam Ashurmatov - 120', Yovan ZHokich - 120', Jamshid Boltaboev - 120' |
O'zbekiston kubogi . 3-tur 14/10/2022, 19:00 1
:
3
Tugadi
|
So'g'diyona YUre Obshivach - 120' |
"Navbahor" o'z maydonida "So'g'diyona"ni qabul qiladi. Jamoalar kubok bahslarida ikki bor o'zaro kuch sinashishgan. 2005 yilgi O'zbekiston kubogining 1/8 finali doirasida kechgan ikkita o'yin yakuniga ko'ra namanganliklar 1/4 finalga yo'l olgandi. Demak oradan 17 yil o'tib ular keyingi bosqich yo'llanmasi uchun kurash olib boradi.
"So'g'diyona" (Jizzax) - "Navbahor" (Namangan) 2-1
Jizzax. 3 000 tomoshabin.
Gollar: Rasul Hayitov 42, 90+3 pen - Orif Mirzoev 73.
"Navbahor" (Namangan) - "So'g'diyona" (Jizzax) 3-1
Namangan. 8 000 tomoshabin
Gollar: Islom Inomov 12, Tohir Madrahimov 41, Orif Mirzoev 56 - Zokir Berdiqulov 34.
Eslatib o'tamiz, yarim finalning birinchi juftligida kecha "Nasaf" AGMKni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va finalga yo'l oldi. Bugun g'alaba qozonadigan jamoa 30 oktyabr kuni Buxorodagi finalda aynan "Nasaf" bilan bahs olib boradi.
Fikrlar