"Navbahor" Ukraina klubi bilan durang o'ynadi
15 fev 2021 18:14
Yangiliklar


"Navbahor" Ukraina klubi bilan durang o'ynadi
Uchrashuv borasida to'xtaladigan bo'lsak, birinchi bo'limning hakam tomonidan qo'shib berilgan vaqtida mahoratli yarim himoyachi SHohruh Mahmudhojiev jamoamizning navbatdagi hujumini samarali tarzda yakunlab, “lochinlar”ning tanaffusga 1:0 hisobidagi g'alaba bilan chiqib ketishlarini taminladi.
Ikkinchi bo'limda muvozanatni tiklashga haraqat qilgan kievliklar avtogol tufayli hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'lishdi.
Natijada uchrashuv durang – 1:1 hisobida yakunlandi.
"Navbahor": Rahimjon Davronov, SHahzod Hamidov, Sardor Telyakov, Mirzohid Mirzamahmudov, Nikola Tasich, Abbos G'ulomov, SHohruh Mahmudhojiev, SHerzod G'ulomjonov, Bahrom Abdurahimov, Ilhom Aliboev, Husayn Ergashboev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Davron Hoshimov, Mirzohid G'ofurov, Quvondiq Ro'ziev, Ivan Solovyov, Marko Putinkanin, Zabihillo O'rinboev, Slavisha Stoyanovich.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar