"Navbahor": Toshkent yig'ini boshlandi
22 jan 2014 21:21
Yangiliklar

"Navbahor": Toshkent yig'ini boshlandi
Bugun "Navbahor" jamoasi azolari Toshkentda o'tkazilishi rejalashtirilgan yig'inni boshlashdi.
Futbolchilar bugun dastlabki mashg'ulotni yakunlashdi. SHu o'rinda tarkibda ayrim o'zgarishlarni ro'y berganligini etirof etish joiz. Namanganda o'tkazilgan mashg'ulotda qatnashgan himoyachi Ahrol Risqullaevga murabbiylar javob berishdi. Toshkentda esa safga Timur Yafarov, SHavkat Nasibullaev va Elyor Jahonov qo'shilishdi. Yafarov o'tgan mavsumning ikkinchi qismini “Navbahor”da o'tkazganidan xabaringiz bor. Nasibullaev hamda Jahonov ham jamoaga begona emaslar. Ushbu futbolchilar faoliyatlari davomida “Navbahor”da to'p surishga ulgurishgan. Nasibullaev 2013 yilgi chempionatni “Neftchi”, Jahonov esa “Guliston”da o'tkazgandi. Toshkentdagi yig'in davomida tarkibda yana yangi o'yinchilar qo'shiladi.
Jamoa Toshkentdagi dastlabki yig'in davomida o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishni rejalashtirgan. Xususan, 29 yanvar kuni "Navbahor" Bekobodning “Metallurg” klubi bilan bahs olib boradi. 2 fevralda esa Muborakning “Mashal” jamoasiga qarshi o'yin bo'lib o'tadi. Poytaxtda o'tadigan mashg'ulotlarning dastlabki qismi 2 fevral kuni yakunlanadi. Jamoa azolariga ikki kunlik tatil elon qilingach, mashg'ulotlar yana poytaxtda davom ettiriladi. Yig'in davomida “Navbahor” PFL kubogida ishtirok etadi.

Fikrlar