"Navbahor": Toshkendagi ikkinchi yig'in boshlandi
02 fev 2016 23:35
Yangiliklar


"Navbahor": Toshkendagi ikkinchi yig'in boshlandi
Bugun tushdan keyin Toshkentga etib borgan jamoamiz azolari kechki payt Sergili dahasidagi o'yingohda mashg'ulot o'tkazishdi.
Jamoa tarkibiga yangi
futbolchilar kelib qo'shilgani yo'q. Toshkentda o'tgan oldingi yig'inda
qatnashgan himoyachi Botir To'raboev ham Namanganda qolib yoshlar jamoasi
bilan shug'ullanib turadigan bo'ldi. SHuningdek, "Bunyodkor"dan jalb etilgan
Nodir Mavlonov bugungi mashg'ulotda qatnashmadi. Futbolchini "Obod" safiga
qo'shilishi kutilmoqda. "Buxoro"dan chaqirilgan Ravshan Aslanov ham bu
safargi yig'inga jalb etilmadi.
Jamoamiz azolari ertadan kuniga ikki mahaldan shug'ullanishni boshlashadi.
SHuningdek, tarkibga yangi futbolchilarni qo'shilishi ham ko'zda tutilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar