So’nggi yangiliklar

08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  0 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  4 07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  5 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3

"Navbahor": Tog'dagi yig'in davom etmoqda Yangiliklar

"Navbahor": Tog'dagi yig'in davom etmoqda

Teglar :  Navbahor
"Navbahor" jamoasining Xojikentdagi yig'ini davom etmoqda.

Bo'stonliq tumanidagi mashg'ulotlar davomida asosiy etibor futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga qaratilgan mashqlar bajarilmoqda. Yani futbolchilar mashg'ulot davomida asosan yugurishmoqda. O'tgan vaqt davomida tarkibga yangi futbolchilarni kelib qo'shilmaganligi aytib o'tish joiz. Aksincha, birinchi davrada “Navbahor” sharafini himoya qilgan bir qator futbolchilarni boshqa klublar safiga qo'shilganligi oydinlashdi. Hujumchi Mo'ydin Mamazulumov “Olmaliq” mashg'ulotlarida qatnashmoqda. Mavsum arafasida “Bunyodkor” jamoasidan kelib qo'shilgan Xayrulla Karimov va Sardor Azimovlar ham “Bunyodkor”ga qaytishdi, yarim shhimoyachi Nodir Mavlonov esa “Obod” tarkibida shug'ullanmoqda. Bundan tashqari birinchi davrada jamoada harakat qilgan Alibek Turobov, Obid Jo'raboev, Anvar Rajabov, Hasan Asqarov, Aziz G'ulomxo'jaev, Sanjar Asqaraliev, Alibobo Rahmatullaevlar ham mavsum ikkinchi yarmini boshqa klublar safida o'tkazishadi. Yuqorida nomlari qayd etilgan futbolchilarning aksariyatiga birinchi davrada kam o'yin amaliyotiga ega bo'lganligi sababli boshqa jamoalarga o'tishlariga ruxsat berilgan. Umumiy hisobda ayni paytdagi mashg'ulotlarda 19 nafar futbolchi qatnashmoqda.   

Jamoamizdagi yana bir darvozabon Aleksandr Korniychuk esa poytaxtda davom ettiriladigan mashg'ulotlarda safga qo'shiladi. Kelgusida ushbu posbonni “Navbahor”da o'ynovchi murabbiy sifatida faoliyat yuritishini ehtimoli ham yuqori. Yani u darvozabonlarga ustozlik qiladi. Ukrainalik hujumchi Vladislav Pavlenko ham “Navbahor”ga qaytmasligi mumkin. Ayni paytda futbolchiga bir qator klublardan taklif tushayotganligi sababli boshqa jamoaga o'tish variantini ko'rib chiqmoqda.

“Navbahor”ning Xojikentdagi yig'inida qatnashayotgan futbolchilar ro'yxati.
Darvozabonlar
: Akmal Ortiqov, Artur Parvanov (“Norin” jamoasidan taklif etilgan), Mirzohid Mamatxanov;
Himoyachilar: Tohir SHamsiddinov, Qahramon Mahammadjonov, Hojiakbar Yunusov, Farruh Nurliboev, Murod To'ychiboev  (ikkalasi ham “Norin”);
Yarim himoyachilar: G'ayrat Jo'raev, Alisher Mahmudov, Akram Bahriddinov, Azizbek Turg'unboev, Doniyor Inamov, Dilshod Jabborov, Azam Aliev, Bilol SHarofiddinov (“Xotira-79”);
Hujumchilar: SHohjahon Abbosov, Abdumalik Abdullaev (“Andijon”), Vladislav Aleksin (“Norin”).

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика