So’nggi yangiliklar

19:25"Турон" — "Тобол". Таркиблар маълум  0 19:23Суперлига. "Пахтакор" – "Хоразм" (матнли трансляция)  1 19:02Ла Лига. "Атлетико" ўйиннинг сўнгги қисмида "Жирона"ни тор-мор келтирди, Сорлотдан хет-трик. Мадрид клуби мавсумни учинчи ўрин билан якунлади  1 18:58АПЛ. Сўнгги тур ўйинлари учун таркиблар маълум  12 18:45Суперлига. "Навбаҳор" - "Қўқон-1912" 2:0 (матнли трансляция)  13 18:35"Ал Батаеҳ" — "Ал Ваҳда". Ғаниев ва Эркинов жамоалари ўртасидаги ўйин учун таркиблар маълум  0 18:16Муҳим беллашувга оз қолмоқда. Терма жамоа йиғинига ким қайси вақтда етиб келади?  5 17:47"Интер" 27 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  0 17:13"Наполи" Аллегрига бир мавсум учун 6 миллион евро таклиф қилиши мумкин  0 16:22"Милан" Рейндерснинг нархини "Манчестер Сити"га маълум қилди  1 15:47"Арсенал" "Милан" етакчиларидан бирига қизиқиш билдирмоқда  1 15:17Расман: Хаби Алонсо — "Реал" бош мураббийи  10 14:48"Атлетик" бош мураббийи "Барселона"нинг Уильямсга қизиқиши ҳақида гапирди  5 14:12"Интер" "Рома" футболчисини харид қилмоқчи  6 13:43"Ливерпуль" бразилиялик ҳужумчи харидини кўриб чиқмоқда  0

"Navbahor" - "Qizilqum" uchrashuvidan so'ng Yangiliklar

"Navbahor" - "Qizilqum" uchrashuvidan so'ng

"Navbahor" - "Qizilqum" uchrashuvidan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumani birinchi qismida "Qizilqum" bosh murabbiyi Yuriy Lukin qatnashib, jurnalistlar savollariga javob berdi:
- Birinchi bo'lim deyarli teng kurashlar ostida o'tdi va o'yin qiziqarli kechdi. Uchrashuv ikkinchi yarmida shogirdlarim toliqib qolishgan chog'i, darvozamizga yaqin o'ynadik. Jarimadan kiritilgan ikkinchi golni xatolik deb aytmagan bo'lar edim. CHunki bunaqanggi aniq zarbalarni qaytarib bo'lmaydi. "Navbahor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Ularning uchrashuvga tayyorgarligi ikki taymga etdi, biz esa ikkinchi bo'limda o'z o'yinimizni yo'qotib qo'ydik.

- Ikkinchi bo'lim boshida ikkita o'zgarishga qo'l urganim sababi, himoyachimizning barmog'i jaroxatlangani bois uchrashuvni davom ettira olmasdi. Hujumchini ham almashtirishga qaror qildim. Har holda futbolchimiz terma jamoa yig'inidan qaytgan va maydonga tushishi kerak.

- 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchragandan so'ng qanday qilib natijadan qoniqish hosil qilish mumkin?! Birinchi bo'limdagi shogirdlarim harakatiga etirozim yo'q. Bellashuvning ikkinchi yarmida esa yutqazib qo'ydik.

- Jamoamiz o'rtamiyona darajadagi klub hisoblanadi. Moliyaviy jixatdan ham xolatimiz yaxshi bo'lmaganligi uchun birinchi davradan so'ng tarkibni kuchaytira olmadik. SHishelov oilaviy sabablarga ko'ra "Qizilqum"ni tark etdi. Asosan maxalliy futbolchilarga etibor qaratishga to'g'ri keladi.


Matbuot anjumani ikkinchi qismida "Navbavhor" bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi:

- Bugun g'alaba qozongan bo'lsakda, lekin murabbiy sifatida o'yin sifatidan qoniqmadim. Himoya chizig'imizga etirozlar ko'p, lekin Xudoga shukur, kerak bo'lgan uch ochkoni qo'lga kiritdik. Asosiysi, muxlislarimizni xushnud etdik. O'yinda xatoliklar ko'p bo'ldi. Uchrashuvni boshidan pressing usuluini qo'llab, hujumkor o'yin ko'rsatishni takidlangandi. Ammo, futbolchilar orasida bo'shliq paydo bo'ldi. SHu tufayli bazi vaziyatlarda "Qizilqum" osonlik bilan hujumga o'tib ketdi.

- Bir o'yinchini ajratishni yoqtirmayman. To'g'ri, agarda o'zini ijobiy tarafdan yaxshi ko'rsatib, uchrashuvda iliq taassurot qoldirsa, u yoki bu shogirdimni aloxida aytishim mumkin. Lekin, maqtasangiz futbolchi erkalanib ketishi mumkin. Hozir bu futbolchi yomon o'ynadi desam, bu sportchiga ruhiy zarba bo'ladi. Takrorlab o'taman, nafaqat bir o'yinchi, butun jamoa ko'rsatgan o'yindan qoniqmadim. Darvozabon bir vaziyatda qaltis harakat qildi. Baxtimizga to'p darvoza yonidan o'tib ketdi. Agarda "Qizilqum" gol urganida, bizga qiyin bo'lar edi. Tanaffusda ham darvozabon va himoyachilarga birinchi navbatda ishonchli o'yin namoyish etishni so'radim. CHunki har bir xato jamoaga qimmatga tushishi mumkin.   

- Navro'z Alimovni mavsum boshida jamoaga taklif qilgandim. Ushbu o'yinchi to'g'risida ijobiy fikrdaman. Terma jamoada Mirjalol Qosimov ham unga ishonch bildirgan. Agarda u o'z ustida ishlab, yulduzlik asaliga duchor bo'lmasa, u yanada o'sadi. Ammo, uning "Qizilqum" bilan amalda shartnomasi borligi uchun uni "Navbahor"ga jalb eta olmadik.

- Bu yilgi mavsumda Azim Ahmedov o'sishga erishdi. Terma jamoa murabbiylari ham unga ishonch bildirib turishganida, afsuski tizzasi jaroxatlandi va yig'inlardan chetda qoldi. Agarda yarim himoyachimiz bir tekisda futbol namoyish etsa, terma jamoadan o'rin olishi yanada osonlashadi. Hozir u ikkita o'yinda kuchli o'yin ko'rsatib, bazi uchrashuvda biz istagandek harakat qila olmayapti. To'g'ri, barqaror futbol ko'rsatish qiyin. Lekin, futbolchi bir darajaga ko'tarilib oldimi, shundan pastga tushmasligi kerak. "Navbahor"dan terma jamoamizga o'yinchi etishib chiqsa, bu mening ham yutug'im bo'ladi.

- O'rinbosarlar tarkibidan Akbarsho Rashidxonov yaxshi o'ynamoqda. Biroq, unga biroz quvvat etishmayapti. Agarda u tezroq kuchga to'lsa, asosiy tarkibga kiritsak bo'ladi. CHunki Rashidxonov yuqori texnikaga ega. Namangan futbolchining oxirgi paytlardagi muammosi - yosh futolchilar o'sib chiqmayapti. Qaysidir manoda bunda mening ham aybim bor. Murabbiy sifatida o'rinbosarlar tarkibiga va futbol maktablariga kerakli darajada etibor bera olmadik. Lekin, klubda ishlashni davom ettirsak, o'rinbosarlar tarkibida yaxshi o'yin ko'rsatgan futbolchini tarbiyalashga harakat qilamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика