"Navbahor": Osiyo chempioni jamoamiz safida
17 iyu 2017 13:57
Yangiliklar
"Navbahor": Osiyo chempioni jamoamiz safida
Bundan biroz vaqt oldin poytaxtdagi dastlabki mashg'ulot yakunlandi. "Navbahor" Toshkentdagi yig'in davomida uchta nazorat o'yinida maydonga tushadi. Dastlabki uchrashuv ertaga Qarshining "Nasaf" jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi. "Ajdarlar" bilan o'tadigan o'yin "Bunyodkor" akademiyasi maydonida soat 19:00da boshlanadi. Jamoaning bugungi mashg'ulotida darvozabon Sarvar Karimovni ishtirok etganligini qayd etish joiz. 2012 yilgi o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida chempionlikni qo'lga kiritgan Karimov jahon chempionatida ham qatnashishga ulgurgan. Darvozabon oldingi mavsumlarni "Lokomotiv"da o'tkazgandi. 1996 yilning 25 dekabrida tug'ilgan posbon joriy yilgi mavsum birinchi qismida "So'g'diyona" jamoasi sharafini qildi. Karimov ikkinchi davrada "Navbahor" sharafini himoya qilishi mumkin.
"Navbahor" futbol klubi matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar