So’nggi yangiliklar

08:55Нури Шаҳин Шомуродов ҳақида фикр билдирди  2 08:27Файзуллаев ва Шомуродов рамзий терма жамоадан жой олишди  5 07:58Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" "Ал Иттиҳод" меҳмони бўлади  2 07:35Sofascore. Супер ўйин кўрсатган Файзуллаев ва Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  8 02:01Италия Суперкубоги. Нереснинг дубли "Наполи"га соврин олиб берди  1 01:27Элит ОЧЛ. Ҳамробеков жамоаси сўнгги дақиқаларда ғалабани илиб кетди, "Ал Ҳилол" ва "Ал Аҳли" меҳмонда зафар қучишди  1 01:05"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"  12 00:26Ироқ. Шерзод Темировнинг голи "Эрбил"ни мағлубиятдан қутқариб қолди, у 8 та баҳсда 8 та гол урди  5 00:00"Бунёдкор" уч футболчи билан шартномани узайтирди  0 23:41Расман: "Барселона" ва ПСЖ собиқ юлдузи 32 ёшида фаолиятини якунлади  2 23:13Рақиб қизил олса, "Ливерпул"га қийинроқ, "Эвертон"нинг кучи ҳам, заиф нуқтаси ҳам Грилиш. Топ чемпионатлар учрашувларидаги ўзига хос тактика ҳақида  1 22:53"Ғазалкент" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  5 22:24Рўзиқул Бердиев: "Ал Иттиҳод" юлдузларга бой кучли жамоа"  8 22:04"Қизилқум" Шукуров билан шартома имзолади  1 21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  1

"Navbahor" - "Olmaliq": PREVYU Yangiliklar

"Navbahor" - "Olmaliq": PREVYU

Teglar :  NavbahorOlmaliq
“Navbahor” o'z maydonida “Olmaliq” klubiga qarshi maydonga tushadi.

Raqiblar O'zbekiston chempionatining oliy ligasida shu kunga qadar 18 bor o'zaro kuch sinashishgan. 2008 yili asos solingan qarama-qarshiliklarda Navbahor besh bor Olmaliqni mag'lubiyatga uchratgan. Olmaliqliklar hisobidagi g'alabalar soni esa to'qqiztani tashkil etmoqda. To'rt o'yinda esa kuchlar teng kelgan. To'plar nisbatidagi ko'rsatkich 26:28, "Olmaliq" foydasiga. O'zaro o'yinlardagi eng yirik hisob 2011 yili kuzatilgan. O'shanda jamoamiz Olmaliqdagi Metallurg o'yingohida mezbonlar darvozasiga javobsiz uchta to'p kiritgandi. O'zaro o'yinlar tarixida "lochinlar" "Olmaliq"qa uch to'p farqi bilan engilishmagan. Namanganda o'tkazilgan umumiy 9 o'yinning 3 tasida "lochinlar" 3 ochkoga ega bo'lishgan va xuddi shuncha durangga imzo chekishgan. Etiborlisi, Namanganda kechgan so'nggi ikki qarama-qarshilikda kuchlar teng kelgan. 2010, 2011 va 2013 yillarda "olmaliqliklar" mehmondan g'alaba bilan ortga qaytishgan. "Olmaliq" bilan o'tkazilgan o'yinlar tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, "Navbahor" nomidan SHahboz Erkinov raqibga qarshi o'yinda beshta golni o'z nomiga yozdirib, o'zaro qarama-qarshiliklarda to'purarlik qilib turibdi.

Namangandagi "Markaziy" o'yingohda boshlanadigan uchrashuvni navoiylik Rustam Bobomurodov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqaradi. Unga qanotlarda hamshaharlari Obid Jumaev va Ruslan Samandarovlar yordam berishadi. Zaxiradagi hakam sifatida Igor Xudaydatov qayd etilgan. Nazoratchi vazifasini esa Arslon Hotamov bajaradi. Aleksey Frolov uchrashuvni PFL vakili sifatida kuzatadi.


Namanganda o'tkazilgan o'yinlar:
2008 yil
"Navbahor" - OTMK - 2:0 (1:0).
Gollar:
SH. Mirxoldirshoev (25), D. Xojiev (85).

2009 yil
"Navbahor" - "Olmaliq" - 0:0.
Gollar:
S. Usmonxo'jaev (27), B. Haydarov (72-pen.).

2010 yil
"Navbahor" - "Olmaliq" - 0:1 (0:0).
Gol:
N. Otaqo'ziev (68).

2011 yil
"Navbahor" - "Olmaliq" - 0:1 (0:0).
Gol:
Z. Pirimov (80).

2012 yil
"Navbahor" - "Olmaliq" - 3:1 (0:0).
Gol:
S. Hamidov (8,20), J. Irismetov (60) – S. Berdiev (74).

2013 yil
"Navbahor" - "Olmaliq" - 1:3 (1:3).
Gollar:
S. Hamidov (4) - O. Jo'raboev (25), S. SHoahmetov (32, 35).

2014 yil
"Navbahor" - "Olmaliq" - 3:1 (2:1).
Gollar:
B. Yoqubov (36), SH. Erkinov (39, 63) - SH. Hakimov (28)

2015 yil
"Navbahor" - "Olmaliq" - 2:2 (2:1).
Gollar:
SH. Erkinov (38, 68) - SH. Salomov (45+2), A. Omonov (59)

2016 yil
"Navbahor" - "Olmaliq" - 3:3 (0:2).
Gollar:
A. Abdullaev (47), I. Isoqjonov (49), A. Mahmudov (72) - X. Muxtorov (7), M. Isaev (28), I. Inomov (50)

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика