"Navbahor" nazorat o'yinida "Turon"ni mag'lub etdi
14 iyu 2021 22:16
Yangiliklar
"Navbahor" nazorat o'yinida "Turon"ni mag'lub etdi
Bugun poytaxtimizdagi "To'qimachi" stadionida "Navbahor" hamda "Turon" jamoalari o'zaro bahs olib bordi.
Ushbu uchrashuvda namanganliklarning qo'li baland keldi. Dastlabki bo'limda Azim Ahmedov (penaltidan) hamda Pavel Ignatovichning gollari "Navbahor"ga ikki gol farqi bilan ustunlik berayotgandi. Ikkinchi bo'limda esa ijara asosida "Turon"ga o'tishi kutilayotgan "Lokomotiv" futbolchisi Ibrohim G'anixonov o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.
Navbahor - Turon 2:1
Gollar: Azim Ahmedov penalti, Pavel Ignatovich - Ibrohim G'anixonov.
Suratlar muallifi: Jahongir Fayzullaev
Suratlar muallifi: Jahongir Fayzullaev
Fikrlar