"Navbahor" muxlislari “Neftchi” Superligada o'ynashidan xursand
25 jan 2018 10:47
Yangiliklar
"Navbahor" muxlislari “Neftchi” Superligada o'ynashidan xursand
Xabaringiz bor, kecha PFL 2018 yilgi mavsumda Superligada ishtirok etadigan klublar nomini rasman elon qildi.
Avvaliga Pro-ligada qatnashishi ko'zda tutilgan Farg'onaning “Neftchi” jamoasi yana kuchlilar safiga qaytdi. “Neftchi”ning Superligada ishtirok etishi oydinlashgach, “Navbahor” muxlislari bundan xursand bo'lganliklarini bildirishdi.
Muxlislar klubi sardori Farhod Umaraliev va faol muxlislardan biri Muxtor Yusubbaevlar bu haqda etirof etishdi.
Muxlislar O'zbekiston chempionatlaridan azaliy raqib sifatida ishtirok etib kelayotgan “Navbahor” va “Neftchi” jamoalari o'rtasidagi “vodiy derbi”larini o'ziga xos ruhda o'tishini bildirib, “Neftchi” klubini Superligaga qaytganligi bilan tabriklashdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar