"Navbahor": Mixaylov ortga qaytdi
26 fev 2015 13:58
Yangiliklar
Ayni paytda kuniga ikki mahaldan shug'ullanayotgan futbolchilar 27 fevral kuni birinchi liga vakili “Oq-tepa” jamoasi bilan nazorat o'yinida kuch sinashishadi. Bu poytaxtda o'tkazilayotgan so'nggi yig'indagi ikkinchi uchrashuv bo'ladi. Yodingizda bo'lsa oldingi nazorat o'yinida mamlakat yoshlar terma jamoasi bilan o'tib, unda 2:1 hisobidagi g'alaba qo'lga kiritilgandi.
Jamoada ro'y bergan yangiliklar xususida gap ketganida Bolgariyadan taklif etilgan posbon Emil Mixaylovni o'z yurtiga qaytib ketganligini aytib o'tish joiz. Aslini olganda Mixaylov bilan shartnoma tuzish ko'zda tutilgandi. Lekin, Evropacha yashash tarziga ko'nikkanligi bois bizdagi sharoitlar to'g'ri kelmaganligi sababli, darvozabon ortga qaytishni lozim topdi. Ayni paytda murabbiylar shtabi tarkibga mahoratli darvozabon jalb etish borasida ish olib borishmoqda.
Toshkentdagi yig'in esa 1 mart kuni yakunlanadigan bo'ldi. Aynan shu kuni Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasiga qarshi nazorat o'yinini o'tkazish rejalashtirilgan. Jamoa azolari bir necha kun hordiq chiqarishgach, mavsumga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini o'tash maqsadida 4 mart kuni Namanganda to'planishadi.

Fikrlar