So’nggi yangiliklar

19:50"Манчестер Юнайтед" мухлислари чипталар нархи кескин ошганидан норози  0 19:27Мартинес МЮга ўтишга рози  0 19:02Суперлига. "Андижон" - "Қизилқум" (матнли трансляция)  5 18:58Суперлига. "Сўғдиёна" – "Хоразм". Таркиблар маълум  0 18:44"Реал" Мбаппе касалхонага ётқизилгани ҳақида хабар берди  1 18:16Расман: "Сурхон" россиялик ҳужумчи билан хайрлашди  0 17:52Breaking! Аббос Файзуллаев Туркия клубидан таклиф олди  12 17:36"Бухоро" – "Шўртан" учрашуви нейтрал майдонда ўтади  4 17:15Breaking! Ўринбоев фаолиятини Бельгияда давом эттиради  16 17:09Клублар ўртасидаги ЖЧ-2025. 1-турнинг барча натижалари битта саҳифада  1 16:56"Бунёдкор" пенальтилар сериясига кўра ғалаба қозониб, "Қўқон-1912"ни мусобақадан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 16:38Расман: Футзал Олимпия ўйинларига киритилди  8 16:21Ўзбекистонда ёзги трансфер ойнаси қачон очилади?   15 16:15ЦСКА собиқ ҳужумчиси қамоқдан озод этилди  0 15:47"Футбол олами". "Динамо", "Бунёдкор" ва "Шўртан" дастлабки чорак финалчилар  0

"Navbahor": Mirxoldirshoev va Bahriddinovlar jamoamizda Yangiliklar

"Navbahor": Mirxoldirshoev va Bahriddinovlar jamoamizda

Kecha kuniga ikki mahal mashg'ulot o'tkazgan jamoamiz azolari bugun bir mahallik mashg'ulot bilan cheklanishdi.

Dastlabki kunlardagi mashg'ulotlarda asosiy etibor futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga etibor qaratilgan mashqlarga berilgandi. Bu safar esa futbolchilar maydonda ko'proq to'p bilan ishlashdi. Jamoada ro'y berayotgan o'zgarishlar xususida gap ketganida, murabbiylar shtabiga SHuhrat Mirxoldirshoevni qo'shilganligini qo'shimcha qilish joiz. Jarohat tufayli futbolchilik faoliyatini yakunlashga majbur bo'lgan mahoratli hujumchi endilikda Rashid G'ofurovga yordam bermoqda. Tarkibdagi o'zgarishlar xususida gap ketganida, jamoamiz safiga bugungi mashg'ulot chog'ida o'tgan mavsumni Qarshining “Nasaf” klubida o'tkazgan namanganlik yarim himoyachi Akram Bahriddinov, Farg'onaning “Neftchi” jamoasidan Zokir Nurmatov va oldingi mavsumlarda jamoamiz sharafini himoya qilgan futbolchi Abduaziz Sultanov ham qo'shildi. Bundan tashqari, yig'in boshlangan kuni jamoamiz mashg'ulotini kuzatgan hujumchi Mo'ydin Mamazulumov ham bugundan mashg'ulotlarda qatnashishni boshladi. SHuningdek, yana bir hujumchi Davron Isoqov ham tarkibdan joy oldi. Bugun o'tkazilgan mashg'ulotda hammasi bo'lib 31 nafar futbolchi ishtirok etganligini aytib o'tish joiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика