So’nggi yangiliklar

01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  0 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  2 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  2 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  1 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  3 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  8 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  27 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2

"Navbahor": Mavsumni sakkizinchi o'rinda yakunladik Yangiliklar

"Navbahor": Mavsumni sakkizinchi o'rinda yakunladik

Teglar :  Navbahor
Bugun O'zbekiston chempionati 30- tur uchrashuvlari o'z poyoniga etdi. Toshkentning "Lokomotiv" jamoasiga qarshi mavsumdagi so'nggi uchrashuvni o'tkazgan "lochinlar" so'nggi daqiqalarda g'alabani boy berishdi.

Birinchi bo'limda o'yin borasida ustunlik maydon egalari tomonida bo'ldi. "Navbahor" tashkil etgan xavfli hujumlari orasida Otabek Valijonov, SHahboz Erkinov va Sanat SHixovda qulay imkoniyatlari golga aylanishi mumkin edi. Ammo, ko'p xolatlarda "temiryo'lchilar" himoya chizig'i ishonchli harakat qildi. Raqib vakillaridan esa Marat Bikmaev qulay imkoniyatlardan foydalan olmaganini taxkidlash lozim. Tanaffusga bir daqiqa qolganida Timurxo'ja Abduxoliqov "Lokomotiv"ning birinchi goliga mualliflik qildi. Tanaffusga jamoalar 0:1 hisobida yo'l olishdi.

Uchrashuvning ikkinchi yarmida mavsumni ko'tarinki ruhda yakunlash va ettinchi pog'onaga ko'tarilish istagida maydonga tushgan "navbahorchilar" ketma-ket ikki bor Mamur Ikromovni ranjitishni uddasidan chiqishdi. Dastlab Otabek Valijonov SHixovning to'p uzatishidan so'ng hisobni tenglashtirdi. 68- daqiqaga kelib Sanatning o'zi ham o'z nomiga gol yozdirib qo'ydi. Bu safar Valijonov jamoadaoshi goliga assistentlik qildi. SHundan so'ng mehmonlar safardan uch ochko bilan ketish ilinjida hujumga katta kuch sarflashdi. Bu urunishlar so'nggi daqiqalarda o'z samarasini keltirdi. Qo'shib berilgan daqiqalarda ikki burchak to'pidan so'ng "Lokomotiv" futbolchilari "Navbahor" darvozasini ishg'ol etishdi. SHu tariqa "Navbahor" joriy mavsumni sakkizinchi pog'onada yakunlashdi.

"Navbahor" - "Lokomotiv" 2:3 (0:1). 21 noyabr. Namangan. "Markaziy" o'yingoh.
Hakamlar:
R. Bobomurodov, O. Abduvosilov, O. Jumaev, I. Xudoydotov.
Nazoratchi - I. SHaripov.
Navbahor: 87. Akmal Ortiqov, 2. Alisher Samatov, 5. Rahmatillo Berdimurodov, 7. Sanat SHixov, 8. Azim Ahmedov, 11. Otabek Valijonov (10. Alisher Mahmudov, 87), 21. Azam Aliev, 22. SHahboz Erkinov, 27. Robbim Hasanov, 29. Dilshod Jabborov, 33. Tohir SHamsitdinov.
Lokomotiv: 12.Mamur Ikromov, 4.Bobir Yo'ldoshev, 9.Dilshod Rahmatullaev (28.Ikrom Aliboev, 73), 10. Marat Bikmaev, 11. Timurxo'ja Abduxoliqov (77.Jasur O.Hasanov, 56), 13. Lutfullo To'raev, 16. Jasur J. Hasanov (55.Muydin Mamazulumov, 82), 18. Timur Kapadze, 20. Islom To'xtaxo'jaev, 22. Sanjar SHoahmetov, 33. Oleg Zoteev.
Gollar: O. Valijonov (52) S. SHixov (68) - T. Abduxoliqov (44), L. To'raev (90+1), M. Mamazulumov (90+2)
Ogohlantirishlar: SH. Erkinov (32) A. Samatov (72) - I. To'xtaxo'jaev (64).

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика