"Navbahor": Mashg'ulotlar boshlandi
24 mar 2015 19:02
Yangiliklar


"Navbahor": Mashg'ulotlar boshlandi
“Metallurg”ga qarshi o'tgan 2-tur uchrashuvidan keyin turlar orasidagi muddat katta ekanligi bois jamoa azolariga bir necha kunlik tatil elon qilingandi.
Bugun futbolchilarimiz qisqa muddatlik dam olishdan keyin yana mashg'ulotlarga kirishishdi. Bekobodliklarga qarshi o'yinda etakchi himoyachilardan biri Rahmatillo Berdimurodov og'ir jarohat olib maydonni tark etgandi. O'sha kunning o'zidayoq jarrohlik amaliyoti o'tkazilganligini aytib o'tish joiz. Ayni paytda Berdimurodov shifoxonada davolanmoqda. Jarohat jiddiy ekanligi bois himoyachini qachon safga qaytishi hozircha aniq emas. O'sha uchrashuvda jarohat olib maydonni ertaroq tark etgan jamoa sardori Dilshod Jabborov esa bugun o'tkazilgan mashg'ulotda yakka tartibda shug'ullandi. Sergey Georgiev esa Moldova terma jamoasining navbatdagi yig'iniga jalb etilganligi bois safga 27 martdan keyin qo'shiladi. Yana bir legioner Yuriy Rijko ham oilaviy sabablarga ko'ra o'tgan haftada Minskka jo'nab ketgandi. SHu kunlarda Rijko Namanganga qaytib mashg'ulotlarda qatnashishni boshlaydi.

Fikrlar