"Navbahor": Mashg'ulotlar boshlandi
21 dek 2013 15:55
Yangiliklar

"Navbahor": Mashg'ulotlar boshlandi
Bugun "Navbahor" jamoasi azolari yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlashdi. 29 dekabrga qadar o'tkaziladigan mashg'ulotlarda asosan mahalliy futbolchilarni ishtirok etishlari ko'zda tutilgan.
Kuniga bir mahaldan o'tkaziladigan
mashg'ulotlarga bosh murabbiy Mustafo Bayramov boshchilik qilmoqda. Dastlabki
yig'inda futbolchilarning jismoniy holatini tiklashga etibor qaratiladi.
Umumiy hisobda dastlabki kungi mashg'ulotda 20 nafar futbolchi qatnashdi.
2013 yilgi chempionatda “Navbahor” sharafini himoya qilgan Ro'zim Ahmedov,
Rustam Azamov va Pavel Leus kelgusi faoliyatlarini boshqa klublarda
davom ettirishlari oydinlashdi. SHuningdek, mavsumning so'nggi qismini
jarohati tufayli o'tkazib yuborgan Ilhom Boydedaev ham "Neftchi" safida
shug'ullanmoqda. Qolgan futbolchilardan hali hech kim jamoadan ketishini
bildirib rahbariyatga murojaat qilmadi. Yakuniga etgan chempionat so'nggida
jamoada maslahatchi murabbiy sifatida ish boshlagan No'mon Hasanov yanvar
oyida boshlanadigan yig'inda ishini davom ettiradi. Hasanov ikki kun oldin
Namanganda bo'lib, klub rahbarlari bilan uchrashib, keyingi rejalar
xususida kelishib olganligini ham etirof etish joiz.
Jamoaning tayyorgarlik rejasi xususida fikr yuritadigan bo'lsak, 2014 yilning 3 yanvaridan 19 yanvariga qadar o'tkaziladigan mashg'ulotlar Namangan shahrida tashkil etiladi. 22 yanvardan esa “Navbahor” tayyorgarlikni Toshkentda davom ettiradi. Fevral oyining dastlabki o'n kunligi oralig'ida Turkiyaga safar uyushtirish ham rejalashtirilmoqda. Agarda ushbu reja amalga oshadigan bo'lsa “Navbahor” Turkiyada ikki haftalik yig'in o'tkazish imkoniga ega bo'ladi.
Hozirda klub rahbariyati va murabbiylar shtabi tarkibni kuchaytirish maqsadida bir qator futbolchilar bilan muzokaralarga kirishishgan. Lekin, aynan kimlar bilan muzokaralar olib borilayotganligi sir tutilmoqda. SHu o'rinda, aytish joizki murabbiylar shtabi yangi mavsumda jamoa o'zagini yoshartirishga etibor qaratishlarini bildirishgan. SHu maqsadda tarkibga mahalliy bo'lgan iqtidorli yoshlarni jalb etish ko'zda tutilmoqda. Ular tajribali o'yinchilar bilan to'p surish orqali mahoratlarini oshirib borishadi.

Fikrlar