So’nggi yangiliklar

10:40Златан Ибрагимович: "Айримлар бир-икки мавсум ёрқ эттиб кўринади-ю, сўнг йўқолиб кетади, Модрич эса 20 йилдан буён юқори даражада ўйнамоқда"  3 10:10Манба: "Барселона" Маркус Рэшфордни "Манчестер Юнайтед"дан тўлиқ сотиб олади  0 09:40Хави: "Барселона"га керак бўлган янги футболчи — Холанд  2 09:10Гана терма жамоаси Жаҳон чемпионатига йўл олди  2 08:40Уругвай билан охирги тўқнашувда таркибимизда кимлар ўйнаган?  5 08:20Юрген Клопп Германия терма жамоаси ва мураббийининг ишига баҳо берди  0 07:55Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон терма жамоаси бугун Уругвай билан ўйнайди  12 07:35Назорат учрашуви. "Бунёдкор" ва ОКМК баҳсида ғолиб аниқланмади  0 02:23Ўзбекистон U-18 Озарбайжон U-18ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:18ЖЧ. Нидерландия, Кипр, Хорватия йирик натижага эришди ва бошқа натижалар  0 02:10Ашурматов: "Уругвайда қандай таркиб бўлишини бизга қизиғи йўқ"  3 01:57Шомуродов: "Биринчи навбатда натижа учун ҳаракат қиламиз"  4 00:16Ўзбекистон U20 Қозоғистон U20ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 22:55Кафу: "Бразилия ЖЧ-2026ни ютиши мумкин"  3 22:31Пепе Хаби Алонсо ҳақида: "Бу клубнинг талаблари жуда катта"  0

"Navbahor" - "Lokomotiv". O'yin atrofidagi voqeliklar, skuterdagi bayroqlar va "Eyfel"dagi tushlik haqida Yangiliklar

"Navbahor" - "Lokomotiv". O'yin atrofidagi voqeliklar, skuterdagi bayroqlar va "Eyfel"dagi tushlik haqida

Teglar :  Navbahor Lokomotiv
Bugun Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Lokomotiv" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


Saytimiz delegaciyasi ko'pchilikning diqqat markazida bo'lib turgan mazkur bahsni bevosita stadionni o'zidan yoritib borish maqsadida erta tongdan yo'lga otlandilar. Namangan shahriga etib kelganimizda viloyat markazi uzra futbol havosi kezib yurganligiga guvoh bo'ldik. Uzoq yo'l bosib kelganligimiz tufayli o'yindan oldin tushlik qilib olishga ehtiyojimiz bor edi. SHahar ko'chalarini kezayotganimizda "Eyfel" deb nomlangan kafe diqqatimizni tortdi.



Aynan mana shu kafeda tamaddi qilib olganimizdan so'ng, hali o'yin boshlanishiga 3 soat borligiga qaramasdan stadion tomon oshiqdik. Stadion kirish eshiklari yonida skuter va kichik mashinalarga o'rnatilgan vatanimiz bayroqlari juda ajoyib manzarani aks ettirayotgandi.


O'yinoldi jarayonlarni kuzatib borish bilan birga o'yingohga kirish uchun sotilayotgan chiptalar savdosi bilan qiziqdik. Maxsus avtomobillarda sotilayotgan kirish chiptalariga navbat juda ko'p edi.


Uchrashuv boshlanishiga ikki soatdan ko'proq vaqt qolganda muxlislarni stadionga kiritish jarayoni boshlandi. Stadion kirish eshiklari yonida to'plangan muxlislarga havas qilsa arziydi.


Uchrashuvni bevosita stadiondan kuzatib borish uchun kelayotgan ayrim muxlislarni alohida kadrda suratga tushirishga ham ulgurdik.



Bu ota-bola muxlislar "Navbahor"ning 5:0 hisobidagi g'alabasini taxmin qilishgan ekan...

Nihoyat OAV vakillari va jurnalistlar uchun belgilangan joydan "Markaziy" o'yingohga kirib keldik.


Bu vaqtda stadion muxlislar bilan tobora to'lib borayotgandi.


O'yindan oldin taniqli sanatkorlarning chiqishlari muxlislarga yanada yuqori kayfiyatni taqdim etdi.


Uchrashuv boshlanishiga bir soat qolganda stadion muxlislar bilan deyarli to'lib bo'lgandi



Bu esa o'yindan oldin Championat.asia muxbiri bilan suratga tushsang, albatta gol urasan deb nomlangan surat


O'yindan oldin rasmiy shaxslar ishtirokida Namangan viloyatida katta futbol mavsumining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Nihoyat orziqib kutilgan uchrashuv boshlandi. O'z maydonidagi mavsumning dastlabki uchrashuvini 25000dan ziyod futbol muxlislari qarshisida o'tkazgan "Navbahor" Azimjon Ahmedov va Igor Golbanning ikkinchi bo'limda urgan gollari evaziga 2:0 hisobida g'alaba qozondi.


Navbahor

Azim Ahmedov - 64', Igor Golban - 88'

Superliga. 2-tur

06/03/2020, 18:15

0
:
2
Tugadi

Lokomotiv

45'
90'
59'  Ivan Solovyov
63'  Zabihillo O’rinboyev (SHohrux Mahmudhozhiev)
64'  Azim Ahmedov
82'  Ivan Solovyov (Javlon Ibrohimov)
88'  Igor Golban
90'  Islom Rashidxonov (Pavel Golishev)
18'  Oleg Zoteyev
39'  Kirill Pogrebnyak
59'  Davron Umirov
63'  Kirill Pogrebnyak (Diyor Turopov)
65'  Davron Umirov (Vadim Afonin)
71'  Marat Bikmayev
85'  Davron Hoshimov
86'  Shahzod Shaymanov (Abdulaziz Yusupov)
89'  Temurxo’ja Abduxoliqov



Bekzod Tolibov tayyorladi

Reyting: +54   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика