So’nggi yangiliklar

20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  0 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  0 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  4 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  0 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  3 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  4 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  9 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  16 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  1

"Navbahor": Ko'rikdagi barcha legionerlarga javob berildi Yangiliklar

"Navbahor": Ko'rikdagi barcha legionerlarga javob berildi

Xabaringiz bor, “Navbahor”da bir qator xorijlik futbolchilar ko'rikdan o'tishayotgandi.

SHuningdek, ular safiga 21 yanvar kuni misrlik hujumchi ham qo'shilgandi.

Yangi mavsumga tayyorgarlikni Toshkentda davom ettirayotgan “lochinlar” 22 yanvar kuni Qo'qonning “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishdi. Qo'qonliklarning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakuniga etgan mazkur nazorat-sinov bahsida “Navbahor” ustozi Andrey Kanchelskis legionerlarni maydonga tushirib, yana bir marta ularni sinovdan o'tkazdi.

Ushbu o'rtoklik uchrashuvidan so'ng, Kanchelskis barcha xorijlik futbolchilarga javob berdi.

Demak, jamoa ko'rigida bo'lgan xorvatiyalik Vilim Posinkovich, rossiyalik Artyom SHerbak, turkmanistonlik Vaxit Orazsaxedov va misrlik Mustafo Afroto “Navbahor” qarorgohini tark etishdi.

“Navbahor” yangi mavsumda o'z oldiga yuksak maqsad qo'ymoqda. Albatta, buni amalga oshirish uchun tarkib kuchaytirilishi kerak.

Ammo legioner mahalliy futbolchidan kamida bir bosh ustun bo'lishi kerak. SHundagina uni tarkibga jalb etsa bo'ladi. O'rtamiyona xorijliklar singari futbolchilar esa o'zimizda ham etarlicha topiladi. Bizningcha, aynan ushbu omillarga ko'ra, ko'rikdagi legionerlarga javob berildi.

Namanganliklarning 25 yanvardan Turkiyada boshlanadigan o'quv-mashg'ulot yig'iniga esa bir qator top-legionerlarning qo'shilishlari kutilmoqda.



“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +52   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика