So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  5 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

"Navbahor" klubiga yangi prezident tayinlandi Yangiliklar

"Navbahor" klubiga yangi prezident tayinlandi

13 iyul kuni "Navbahor" klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi va futbolchilar Namangan viloyat hokimi qabulida bo'lishdi.


Namangan viloyat hokimligining kichik majlislar zalida tashkil etilgan marosimda jamoa azolaridan tashqari viloyatdagi homiy tashkilot rahbarlari ham ishtirok etishdi.


Marosim avvalida so'z olgan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati azosi, Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol federaciyasi prezidenti Xayrulla Hayitboevich Bozarov so'z oldi. Viloyat hokimi yig'ilishdan asosiy maqsad "Navbahor" futbol klubiga yangi prezident tayinlash va ikkinchi davrani munosib tarzda o'tkazishni taminlashdan iborat ekanligini bildirdi. Bozarov yaqinda Namangan shahar hokimi sifatida ish boshlagan SHavkatjon SHokirdjanovich Abdurazzoqovni klub prezidenti sifatida yig'ilganlarga tanishtirdi. Viloyat hokimi klub prezidentining faoliyatini muvaffaqiyatli chiqishi bilan bir qatorda faoliyatiga omad tiladi.

So'zga chiqqan klub prezidenti SHavkatjon Abdurazzaqov  birgalikda "Navbahor" jamoasini yuksak o'rinlarga olib chiqishdan umidvorligini bildirdi. SHuningdek, notiq o'z so'zida millionlar o'yiniga befarq emasligini, yoshlik chog'ida futbol bilan shug'ullanganligini aytib, jamoa ravnaqi va muxlislarni hursand qilish uchun hamjihatlikda ish olib borilishini takidladi.

SHundan so'ng jamoa bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov so'zga chiqib, jamoaning birinchi davradagi ishtiroki haqida so'z yuritib, ikkinchi davraga olib borilayotgan tayyorgarlik jarayoni haqida axborot berdi. Mo'minjonov ikkinchi davrani munosib tarzda o'tkazib jamoa muxlislarini hursand qilish asosiy maqsad ekanligini bildirdi. Aynan shu maqsadda tarkibga Abbos Maxstaliev, Doniyor Usmonov, Murod Rajabov va Mirzohid Mamatxanovlarni taklif etilganligini aytib, futbolchilarni yig'ilganlarga tanishtirdi. O'z navbatida murabbiy tarkibga yangi o'yinchilarni jalb etish borasida muzokaralar davom etayotganligini qo'shimcha qildi.

Bosh murabbiyning so'zlarini tinglagan viloyat hokimi jamoaga mahoratli hujumchi jalb etish kerakligini uqtirdi. Murabbiy bunga javoban bu borada ham muzokaralar davom etayotganligini aytib, birinchi davrani jarohat tufayli to'liq o'tkaza olmagan Ro'zimboy Ahmedovni safga qaytganligi sababli jamoada olib qolganligini bildirdi.

Viloyat hokimi Xayrulla Bozarov jamoaning birinchi davradagi ishtiroki haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi: -  Maydonda futbolchilar chiroyli va mazmunli o'yin namoyish etishlari lozim. Raqib darvozasiga bitta gol urib, yutuqni ushlab qolish maqsadida harakat qilishni noto'g'ri deb o'ylayman. CHiroyli o'yin namoyish qilib taktik usullarni qo'llab g'alaba sari intilish o'yingohni to'ldirib o'tirgan muxlislarga quvonch baxsh etadi. SHundan kelib chiqqan holda yutuq uchun mazmunli o'yin orqali intilish kerak. Birinchi davrada jamoaning urgan gollari soni ancha kam bo'ldi. Kombinacion xatti-harakatlar orqali nafaqat gollar sonini balki yutuqlarni ham oshirish mumkin. Tajribali futbolchilar maydonda etakchilikni qo'lga olib jamoani munosib tarzda to'p surishini taminlashi lozim. Oldingi yillarda jamoaga bo'lgan etibor u qadar kuchli bo'lmagandi. Bu yildan vaziyat o'zgardi. Homiylarimiz "Navbahor"ni chempionatda munosib ishtirok etishi uchun yordam berib kelishmoqda. Buning uchun homiylarimizga katta rahmat. Futbolda moddiy taminot muhim sanaladi. Doimiy ravishda jamoalar moddiy tomondan qo'llab-quvvatlangan. O'zbek futboliga ham xorijiy investorlarni kirib kelayotganligiga guvoh bo'lmoqdamiz. Vaqti kelib "Navbahor"ga ham xorijdan homiylar topilar. "Navbahor" xalq jamoasi, shunday ekan hozircha mahalliy homiylar ko'magida jamoani ko'tarishga harakat qilamiz. Bunga javoban futbolchilar maydonda munosib o'yin ko'rsatib bildirilgan ishonchni oqlashlari kerak. Ikkinchi davrada "Navbahor"ga omad yor bo'lsin, - deya Bozarov o'z so'zini yakunladi.

Yig'ilish so'nggida futbolchilar nomidan Dilshod Jabborov yaratib berilayotgan shart-sharoitlar va bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildirib, ikkinchi davrada rahbariyat va muxlislar ishonchini oqlash uchun astoydil harakat qilishlarini aytib o'tdi.

Samimiy ruhda o'tgan yig'ilish shu asnoda yakunlandi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика