So’nggi yangiliklar

09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  0 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  1 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  4 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  2 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  6 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  6 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11

"Navbahor": Islom Ahmedov, Aleksandr Melenchuk va Ulug'bek Baqoev haqida Yangiliklar

"Navbahor": Islom Ahmedov, Aleksandr Melenchuk va Ulug'bek Baqoev haqida

Kecha saytimiz orqali bolgariyalik darvozabon Emil Mixaylovni "Navbahor" bilan xayrlashganligi haqida xabar berib o'tgandik.
Bugun esa darvozabon borasidagi masalala o'z echimini topdi. Murabbiylar shtabi oldingi mavsumlarni Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi darvozasini qo'riqlab kelayotgan Aleksandr Melenchuk bilan muzokaralarga kirishishgandi. Malum vaqt davom etgan muzokaralardan keyin moldovalik posbon “Navbahor”ga o'tishga qaror qildi. 2014 yilgi chempionatda “So'g'diyona” sharafini himoya qilgan Melenchuk barcha 26 uchrashuvda maydonga tushib, barchasida 90 daqiqa davomida to'p surganligini aytib o'tish joiz. Mavsumlar oralig'ida jizzaxliklar bilan xayrlashgan Melenchuk bugun kechqurun Toshkentga etib kelib, jamoamiz safiga qo'shiladi.

SHu bilan birgalikda, murabbiylar shtabini kuchaytirish maqsadida malakali mutaxassis qidirilayotganligi haqida xabar berib o'tgandik. Olib borilgan muzokaralar natijasida bugun maslahatchi murabbiy borasida ham bir to'xtamga kelindi. Endilikda, “Navbahor”da Islom Ahmedov maslahatchi murabbiy sifatida faoliyat yuritadigan bo'ldi. Mamlakatimiz muxlislariga yaxshi tanish bo'lgan ushbu mutaxassis so'nggi paytlarda OFK yo'riqchisi sifatida ishlayotgandi. Yurtimizdagi yosh murabbiylarni tarbiyalashda samarali tarzda mehnat qilayotgan Ahmedovni jamoamizga foydasi tegishi aniq. O'yinlarni tahlil qilish borasida katta salohiyatga ega bo'lgan murabbiy endilikda bor bilim va mahoratini jamoamiz ravnaqi va rivoji uchun ishga soladigan bo'ldi.

Jamoamiz muxlislariga yana bir yangilikni etkazishni lozim topdik. Yurtimizning tajribali hujumchilaridan biri Ulug'bek Baqoev shu kunlarda “Navbahor” tarkibiga qo'shiladi. Faoliyatini asosiy qismini Qozog'istonda o'tkazgan futbolchi o'tgan mavsum ikkinchi yarmida yurtimizga qaytib, “Buxoro” jamoasi bilan shartnoma imzolab, buxoroliklar sharafini ikkinchi davra davomida to'qqizta o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini uch bor nishonga olgandi. Mavsumlar oralig'ida hujumchi malum vaqt davomida G'uzorning “SHo'rtan” mashg'ulotlarida ham qatnashishga ulgurgandi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика