"Navbahor": Futbolchilarimiz tibbiy ko'rikdan o'tishdi
21 jan 2015 16:46
Yangiliklar


"Navbahor": Futbolchilarimiz tibbiy ko'rikdan o'tishdi
Mavsumga tayyorgarlikni Toshkentda davom ettirayotgan futbolchilarimiz bugun CHig'atoyda joylashgan “Futbol-Med”da tibbiy ko'rikdan o'tishdi.
Tibbiy ko'rikdan poytaxtdagi yig'inda qatnashayotgan 23 nafar futbolchining barchasi o'tganligini qo'shimcha qili joiz. SHifokorlar tekshiruvining yakuniy xulosasi esa ertaga elon qilinadi. Jamoamiz 24 yanvar kuni avval xabar berib o'tganimizdek, “Olmaliq” klubiga qarshi poytaxtdagi dastlabki nazorat uchrashuvini o'tkazadi. Ertasiga esa murabbiy va futbolchilarimiz O'zbekiston futbol federaciyasi hakamlar bo'limi tomonidan tashkil etiladigan futbol qoidalari va unga kiritilgan o'zgarishlarga bag'ishlangan o'quv-seminarda ishtirok etishadi. 31 yanvar kuni bo'lib o'tadigan navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvida esa jamoamizga Jizzaxning “So'g'diyona” klubi raqiblik qiladi.

Fikrlar