So’nggi yangiliklar

19:12МЮ асосий футболчиси тез орада жамоа машғулотларига қайтади  0 18:44Аббос Файзуллаев жароҳат олди  5 18:10Элдор Шомуродов Азиз Ҳайдаровга етиб олди   3 17:47Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон - Кувайт 2:0 (матнли трансляция)  30 17:35"Манчестер Юнайтед" "Ливерпул"нинг трансфер мақсади учун "катта пул" тўлашга тайёр  0 17:04"Барселона" Бундеслиганинг энг яхши ҳужумчиларидан бирини сотиб олишга тайёр. Нархи ошкор қилинди  3 16:35Малайзиянинг қонунни "айланиб ўтиш" уриниши ўхшамай қолди  1 16:15Чеферин: "УEФА ҳеч қачон атиги 12 та клуб учун мусобақа яратмайди"  0 15:51Кувайт билан охирги учрашувда Ўзбекистон таркибида кимлар бўлган?  5 15:22Ўзбекистон – Кувайт учрашувини кимлар шарҳлаб боради?  20 15:00Ўзбекистон футбол ассоциацияси ва Қозоғистон футбол федерацияси раҳбарлари учрашуви бўлиб ўтди  2 14:40"Андижон", "Нефтчи" ва "Пахтакор"га турли сабабларга кўра жарима солинди — Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари  7 14:16"Барселона" рекорд даражада даромад кўрди  19 13:48"Қайрат" Чемпионлар Лигасидаги иккита мағлубиятдан кейин қанча ишлаб олди?  2 13:21Виктор Карпенко: "Боб Хоутон танаффусда ўзини жуда хотиржам ва ишончли тутганди, иккинчи бўлимда бизни тўхтатиб бўлмасди"  8

Navbahor futbolchilari Superliga-2025 qurasi haqida fikr bildirdi Yangiliklar

Navbahor futbolchilari Superliga-2025 qurasi haqida fikr bildirdi

Navbahor matbuot xizmati jamoaning bir qator futbolchilaridan Superliga-2025 qurasi haqida fikrlar oldi.

Azimjon Ahmedov:

- Qura jamoamiz uchun omadli bo'ldi, deb o'ylayman. Menimcha, hamma jamoalar ham dastlabki turni o'z maydoni, muxlislari qarshisida o'ynashni orzu qilishgan bo'lsa kerak. Biz ham ilk o'yinni Namanganda o'tkazishimizdan xursandmiz. «Dinamo» ham yaxshi shakllangan, o'z uslubiga ega jamoa. SHuning uchun mazkur bo'lajak uchrashuv tomoshabop ,qiziqarli tarzda kechadi, deb o'ylayman. Samarqandliklarga qarshi kechadigan o'yinlarimiz doimo qiziqarli tarzda o'tgan. Mavsum startida muxlislar uchun chiroyli o'yin namoyish etib, ularni xursand qilishga borimizni berishimiz kerak va bunga astoydil harakat qilamiz. O'ylaymanki, birinchi turda muxlislar bizga dalda bo'lishadi.

Mirzohid G'ofurov:

- Namanganda «Navbahor» libosida futbol o'ynashni sog'inganman. Milliy chempionatimiz boshlanishini intiqlik bilan kutyapman. SHu sababli, birinchi turni o'z maydonimizda o'ynashimiz yaxshi bo'ldi. O'ylaymanki, namanganliklar ham futbolni juda sog'inib, Superliga bahslari boshlanishini intiqib kutishmoqda. Birinchi turda Namangandagi stadiondagi atmosferani tezroq ko'rishni istayman. Birinchi tur bahsini Namanganda o'tkazishimizni istagandim. Birinchi turda uy stadionimizda o'ynashimizdan xursand bo'ldim. Quraga to'xtaladigan bo'lsak, raqib tanlash noo'rin deb hisoblayman.Sababi, mavsum davomida baribir hamma jamoalar bilan o'ynashga to'g'ri keladi. Falon jamoa bilan falon turda o'ynashni tanlab bo'lmaydi. SHuning uchun 1-turda qaysi jamoa raqib bo'lishini unchalik o'ylamadim. Faqat bir narsani xohlaganimni takror aytaman, ilk o'yinimizni Namanganda bo'lishini juda xohlagandim va bu amalga oshdi.

Zabihillo O'rinboev:

- Assalomu alaykum! Qura haqida gapirsam, biz uchun omadli keldi, deb o'ylayman, chunki birinchi o'yinni o'z maydonimizda o'ynaymiz. Raqibga kelsak hozir bir narsa deb bo'lmaydi. Mavsum avvalida 4-5 ta tur barcha jamoalarning imkoniyatlari deyarli bir xil bo'ladi. SHu 4-5 ta turda maksimal ochkolarni qo'lga kirib olgan jamoalarga keyinchalik oson bo'ladi. SHuning uchun, o'sha ochkolarni qo'lga kiritish uchun jamoa bilan yaxshi mehnat qilishimiz talab qilinadi va qo'ldan kelganicha muxlislarni quvontiradigan o'yin namoyish etishga harakat qilamiz.

Abbos G'ulomov:

- Quraga munosabat ijobiy. Menga yoqqan tarafi, birinchi turni Namanganda o'ynashimizni istagandim va shunday bo'lishi yoqdi. Namanganda o'ynashimizni foydasi, muxlislarimiz bizga 12-o'yinchi sifatida yordam berishadi. Namanganda muxlislarimiz ko'z oldida o'ynash har doim yoqimli bo'lgan. Raqibning kimligi to'g'risi, ahamiyatsiz edi. «Dinamo» jamoasiga keladigan bo'lsak, yaxshi jamoa shakllangan. O'ylaymanki, chiroyli o'yin bo'ladi. Nafaqat birinchi turda, balki butun mavsumda muxlislarimizni xursand qilishga borimizni berishga tayyormiz.


Alisher Odilov:

- Qura yaxshi bo'ldi, mening nazarimda. Birinchi tur uchrashuvi mavsumda ko'p narsani belgilab beradi. SHu nuqtai nazardan olib qarasak, o'z maydonimizda o'ynashimiz yaxshi bo'ldi. Raqibning kimligini ahamiyati yo'q edi, chunki baribir qachondir navbat bilan barcha jamoalari bilan o'ynaymiz. Namanganlik muxlislar oldida o'ynash baribir boshqacha. Birgina birinchi tur emas, balki mavsum davomida g'alaba ishtiyoqida maydonga tushib. Xudo xohlasa, muxlislarimizni xursand qilish uchun o'ynaymiz.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика