Eshitdik-da! "Navbahor" futbolchilari ham 3 oydan beri maosh olishmayapti
05 noy 2024 15:16
Yangiliklar


Eshitdik-da! "Navbahor" futbolchilari ham 3 oydan beri maosh olishmayapti
Superligamizning yana bir klubida maoshlar bilan bog'liq muammo yuzaga keldi.
"Championat.asia"ga etib kelgan malumotga ko'ra, Namanganning "Navbahor" klubi futbolchilari avgust, sentyabr va oktyabr oylari uchun maosh olishmagan. Bundan tashqari, ularga 4ta o'yindagi g'alaba uchun mukofot pullari ham hali berilmagan.
Eslatib o'tamiz, ayni paytda "Navbahor" Superligada 36 ochko bilan 6-o'rinda bormoqda va "lochinlar" sovrinli o'rinlar uchun kurashni davom ettirmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar