So’nggi yangiliklar

19:54Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон – Эрон 2:1 (матнли трансляция)  11 19:41Роналду "Манчестер Юнайтед"да Рангникка ультиматум қўйган  4 19:23Максим Шацких: "Асосийси кейинги босқичга йўл олдик. Ўйин ҳақида эса гапиришни истамайман"  4 19:18Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" – "Металлург" 1:1. Highlights  0 19:05Бошкович: "Ғалаба қозондик, аммо кўрсатган ўйинимиздан хафаман"  1 19:02Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Сўғдиёна" 2:3. Highlights  0 19:00U23 Осиё кубоги. Ўзбекистон ярим финал йўлланмаси учун Саудия Арабистони билан курашмоқда (матнли трансляция)  169 18:45Ўзбекистон Кубоги. "Арал" "Цемент"чига "хоҳлаганича" гол урди, "Қўқон-1912" "Жиззах"ни ютолмади ва гуруҳда қолиб кетди  2 18:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд – илк финалчи, Тожикистон 3-ўрин учун ўйнайди  6 18:30Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" "Сўғдиёна"га мағлуб бўлди, лекин кейинги босқичга йўлланма олди  35 18:26Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" ва "Металлург" муроса кўчасини танлади  9 17:57Ўзбекистон олимпия термаси "Халифа" стадионига етиб келди!  11 17:07U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони учрашувига превью. Саудияни бир маротаба ютганмиз, улар эса бизни уч марта  6 16:58Кварацхелия янги мавсум "Барселона" футболчисига айланиши мумкин  7 16:32"Оч бўрилар" овга чиқмоқда  9

"Navbahor" futbol klubi Xayrullo Bozorovga minnatdorchilik bildirdi Yangiliklar

"Navbahor" futbol klubi Xayrullo Bozorovga minnatdorchilik bildirdi

SHu kungacha Namangan viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati azosi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan Xayrullo Hayitbaevich Bozorov 25 sentyabr kuni Farg'ona viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Xayrullo Bozorov 2015 yil 25 noyabr kunidan buyon ayni vaqtgacha Namangan viloyati hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi.

O'tgan sal kam 5 yilga yaqin vaqt davomida Xayrulla Hayitbaevich viloyatni yanada rivojlantirish, obod qilish borasida ko'plab xayrli ishlarni amalga oshirdi. Sport, shu jumladan, futbolning ashaddiy muxlisi bo'lgan viloyatning sobiq rahbari davrida Namanganda millionlar o'yiniga bo'lgan etibor ancha oshdi.




Jumladan, viloyat futbol associaciyasiga taniqli sobiq futbolchi SHuhrat Mirxoldirshoev 1-vice-prezident etib tayinlandi. Viloyatning bosh jamoasi “Navbahor” 2018 yilda 14 yillik tanaffusdan so'ng, bronza medalini qo'lga kiritdi.

Aynan Xayrullo Bozorovning qo'llab-quvvatlashi bois, Namangandan ko'plab iqtidorli futbolchilar etishib chiqishdi. Bunga misol tariqasida ayni paytda “Navbahor” va yoshlar jamoasida to'p surayotgan Azizbek Turg'unboev, Abbos G'ulomov, Sardor Telyakov, Komiljon Tojiddinov, Husayn Ergashboev, Islom Abdullaxonov, Ulug'bek Aknazarov, Komiljon Tojiddinov hamda Husayn Ergashboev kabi futbolchilarni keltirish mumkin.

Aynan Xayrullo Hayitbaevichning tashabbusi bilan asli namanganlik bo'lgan ko'plab o'yinchilar “Navbahor”ga qaytarildi.

Bunga Azimjon Ahmedov, G'iyosjon Komilov, Tohirjon SHamsitdinov, Islombek Isoqjonov, Islom Rashidxonov, Abdulhay Ismoilov, Sardor Telyakov va SHohruh Mahmudhojievlarni misol keltirish joiz.



Namangan viloyati sobiq rahbarining millionlar o'yiniga bo'lgan ulkan etibori bois, uzoq yillik tanaffusdan so'ng, “Navbahor”dan birato'la 5 nafar futbolchi O'zbekiston milliy terma jamoasi o'quv-mashg'ulot yig'iniga jalb etildi.

Bundan tashqari, aynan Xayrullo Hayitbaevichning tashabbusi va qo'llab-quvvatlashi natijasida “Navbahor” uy uchrashuvlarini o'tkazadigan “Markaziy” o'yingoh maydoni hamda uning zaxira maydonining maysasi yangilanib, har ikki maydon zamonaviy ko'rinishga keltirildi. SHuningdek, “Markaziy” o'yingohga katta hajmdagi zamonaviy LED tablo, shuningdek, harakatlanuvchi matnli elektron tablolar o'rnatildi.

Xayrullo Bozorov shuningdek, bolalar futboliga ham katta etibor qaratdi.

Aynan Xayrulla Hayitbaevichning qo'llab-quvvatlashi natijasida “Navbahor”ning U-18 yoshlar jamoasi U-18 jamoalari o'rtasidagi chempionatda qatorasiga 2 yil 2-o'rinni qo'lga kiritdi. Namangan viloyat 1-sonli futbol mahorat maktabi va “Navbahor” PFK qoshidagi 17-sonli “Navbahor - Umid” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari ko'plab respublika hamda xalqaro musobaqalarda sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritishdi.

Futbolga ko'rsatgan ulkan etibori sababli, Xayrullo Bozorovga 2018 yili O'zbekiston Futbol associaciyasining maxsus kubogi topshirilgandi.



SHuningdek, joriy yilning 12 sentyabr kuni Xayrullo Bozorovning qo'llab-quvvatlashi natijasida Namangan viloyat 1-sonli futbol mahorat maktabining zamonaviy yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Mazkur binoning ochilish marosimida ishtirok etgan O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish hamda keng ommalashtirish, yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini qaror toptirish borasidagi salmoqli hissalari uchun Xayrullo Bozorovni mamlakatimizda joriy etilgan “Jismoniy tarbiya va sport alochisi” ko'krak nishoni bilan taqdirladi.



Qisqasi, Xayrullo Hayitbaevich Bozorov viloyat rahbari sifatidagi sal kam 5 yillik faoliyati davomida Namanganni har tomonlama rivojlantirdi hamda futbolga ham katta etibor qaratdi.

Xayrullo Hayitbaevich "Navbahor"ning o'z maydonida o'tkaziladigan har bir o'yiniga tashrif buyurib, jamoa azolari bilan suhbatlashib, ularning ko'ngillarini ko'tarib, g'alabalar sari ruhlantirardi.

“Navbahor” PFK Xayrullo Hayitbaevich Bozorovga yangi faoliyatida omad yor bo'lishini tilab qoladi.

Barchasi uchun Sizga rahmat, Xayrullo Hayitbaevich!, - deb yozadi “Navbahor” PFK matbuot xizmati. 

Reyting: +44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика