So’nggi yangiliklar

16:21"Реал" ТВ Родригонинг жарима майдонида йиқилиши ҳақида: "Трансляция контакт пайтида бошқа кадрга ўтиб кетди"  0 16:02Ҳожимат Эркинов: "Бундан футболчи чиқмайди, бўйи паст" деб айтганлар бўлган"  0 15:43"Наполи" Неймар билан шартнома имзоламоқчи бўлган экан  0 14:57Терма жамоага яна икки футболчи чақирилди  6 14:26Бугун Осиёда ЖЧ-2026 саралашининг тўртинчи босқичига старт берилади  8 14:02Оқ ёки кўк? Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши қайси рангдаги формаларда ўйнаши маълум бўлди  6 13:26Жеррард Трентнинг "Реал"га кетиши ҳақида: "Мен бундай қилмаган бўлардим. Нималар қилаяпсан ўзи?"  11 12:54МЮ футболчиси жамоани тарк этмоқчи  1 12:25Жеррард: "Руни бир ўзи рақибнинг бутун бошли ҳимоясига босим ярата оларди"  2 12:16Фабио Каннаваро ҳикояси: Копток узатувчиликдан "Олтин тўп"га қадар йўл  3 12:00Championat.asia ва Transfermarkt Суперлиганинг сентябрь ойидаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади   2 10:55Криштиану Роналду: "Мақсад жаҳон чемпионатига чиқиш ва унда ғалаба қозониш"  49 10:25Осиё Кубоги-2011. Жепаров ва Шацкихнинг голлари Кувайт устидан ғалаба келтирган оқшомни ёдга оламиз  4 10:04"Интер Майами" Альбанинг ўрнига "Реал" собиқ футболчисини олиб келмоқчи  5 09:31"Истанбул Башакшехир" қишда РПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  5

"Navbahor" FK: "Kanchelskis Toshkentda spirtli ichimliklar istemol qilgan holda, 3-4 kunlab xonasidan chiqmagandi" Yangiliklar

"Navbahor" FK: "Kanchelskis Toshkentda spirtli ichimliklar istemol qilgan holda, 3-4 kunlab xonasidan chiqmagandi"

So'nggi ikki hafta davomida Namanganning “Navbahor” klubi atrofida turli munozaralar va bahslar yuzaga kelmoqda.

Ulardan asosiysi esa jamoaning rossiyalik sobiq bosh murabbiyi Andrey Antanasovich Kanchelskis atrofidagi bahslardir. Bu haqda Rossiya hamda yurtimiz ommaviy axborot vositalari (OAV)da turli maqolalar chop etildi.

Jumladan, Rossiyaning “Sport 24” saytiga intervyu bergan Andrey Kanchelskis “Navbahor”dan istefoga chiqishi sababini klub tomonidan maoshlarning o'z vaqtida to'lanmaganligi, klub rahbariyati bilan munosabatlarida muammolar yuzaga kelganligi hamda Namangan viloyat hokimining almashganligi bilan izohlagan.

“Navbahor” PFK esa Andrey Kanchelskisning istefoga chiqarilishi sabablarini quyidagilar bilan izohlaydi: jamoaning natijalari salbiy tus olganligi (yani, “Navbahor”ning uning murabbiyligida so'nggi 9 ta o'yinda g'alaba qozona olmaganligi), klub rahbariyati, hamkasblari va muxlislar orasida o'zining yaxshi mutaxassis ekanligini isbotlab bera olmaganligi, klub rahbariyati tomonidan bildirilgan ogohlantirishlarga etiborsizlik qilganligi, ayrim holatlarda spirtli ichimliklar istemol qilganligi hamda ushbu xatti-harakatlari bilan o'z obro'siga putur etkazganligi.

Vaholanki, jamoa bosh murabbiyi klubning yuzi hisoblanadi.

“Navbahor” esa nafaqat O'zbekiston, balki sobiq ittifoq va Osiyodagi obro'li, shuningdek, Superliga (oliy liga)mizning muntazam ishtirokchisi bo'lgan 2 jamoadan biri (“Paxtakor” bilan birgalikda) sanaladi.

Andrey Kanchelskisning oylik maoshlarni o'z vaqtida berilmaganligi borasidagi fikriga to'xtaladigan bo'lsak, klub rahbariyati tomonidan rossiyalik murabbiyga maoshlari berilganida u atayin, provokaciya uyushtirish maqsadida maoshni olishdan bosh tortgan. Buning sababi esa endi oydinlashmoqda.U bu ishni amalga oshirish bilan “Navbahor” PFKdan ko'proq kompensaciya puli undirishni rejalashtirgan.

SHuningdek, Coca Cola Superligasining 10-13-turlari markazlashgan holda, Toshkentda o'tkazilganida, u spirtli ichimliklar istemol qilgan holda, 3-4 kunlab xonasidan chiqmagan. Jamoa mashg'ulotlarini esa yordamchi murabbiylar o'tkazishgan.

SHuningdek, Coca Cola Superliga 18-turidan o'rin olgan, 1 oktyabr kuni Buxoroda o'tkazilgan “Buxoro” – “Navbahor” (0:0) uchrashuvidan so'ng, klub rahbariyati tomonidan jamoaning qoniqarsiz natijalarini tahlil qilish maqsadida jamoa murabbiylar shtabiga yig'ilish o'tkazilishi borasida xat berilgan. Biroq rossiyalik mutaxassis turli bahonalarni ro'kach qilgan holda, mazkur yig'ilishga tashrif buyurmadi.

Umuman olganda, Andrey Kanchelskis jamoaning “Buxoro”ga qarshi kechgan bahsidan so'ng, Namanganga tashrif buyurmay, klub rahbariyati hamda muxlislar orasiga sovuqchilik tushirishga harakat qildi.

Vaholanki, shu yilning 22 sentyabr kuni klub rahbariyati, xodimlari, “Navbahor” jamoasi murabbiylar shtabi va futbolchilari ishtirok etgan, “Navbahor”dagi ichki muhit, jamoaning so'nggi o'yinlardagi omadsizligi sabablari, ijtimoiy tarmoqlarda “Navbahor” to'g'risida bildirilayotgan turli fikrlar, shuningdek, jamoamizning Coca Cola Superligasining 17-turidan o'rin olgan Qarshining “Nasaf” jamoasiga qarshi kechadigan o'yiniga tayyorgarlik bo'yicha masalalar muhokama qilingan yig'ilishda rossiyalik mutaxassis klub rahbariyatiga “Navbahor”da joriy mavsum yakuniga qadar faoliyat yuritish, jamoaning mavsum yakunidagi natijasidan kelib chiqqan holda, keyingi faoliyatiga oydinlik kiritishga vada bergandi.

Buni o'sha yig'ilishda qatnashganlar tasdiqlashlari mumkin. Lekin Andrey Kanchelskis o'sha vadasi, bundan tashqari, klub rahbariyati, xususan, muxlislarga bergan vadalarini bajarmay, klub rahbariyatini ogohlantirmagan holda, “Buxoro”ga qarshi kechgan bahsdan so'ng, Namanganga qaytmay, Rossiya poytaxti Moskvaga jo'nab ketdi.

Yana shuni ham takidlash joizki, rossiyalik mutaxassisga klub tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilgandi. Lekin Andrey Kanchelskis shunga yarasha ijobiy natija qayd eta olmadi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, rossiyalik mutaxassisning nega istefoga chiqarilganligini bilish uchun uning murabbiyligidagi so'nggi 9 o'yin natijasi hamda turnir jadvalidagi holatga nazar tashlash kifoya.

Buni futboldan xabari bor har qanday muxlis yaxshi tushunadi.

Xullas,“Navbahor”ning rossiyalik sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskisning klub rahbariyati tomonidan istefoga chiqarilishining obektiv va subektiv sabablari shulardan iborat.

Boshqa har qanday gap-so'zlar esa safsatadan o'zga narsa emas.

“Navbahor” PFK klub to'g'risidagi turli mish-mishlarga ishonmaslik hamda har qanday rasmiy malumotning klubimizning pfcnavbahor.uz rasmiy saytida yozilishini malum qiladi.

So'zimiz yakunida Andrey Kanchelskisning keyingi murabbiylik faoliyatida omad va zafarlar yor bo'lishini tilagan holda, shuni takidlamoqchimizki, inson har qanday holatda ham insoniylik fazilatlarini yo'qotmasligi, o'z ishining ustasi bo'lishi hamda quruq vadalarni bermasligi lozim.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting: -33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика