So’nggi yangiliklar

03:05ЕЧЛ. ПСЖ "Монако"га қарши ажойиб камбэк амалга оширди, "Боруссия Д" "Аталанта"ни мағлубиятга учратди  5 03:05ЕЧЛ. Винисиуснинг ягона голи "Реал"га "Бенфика" устидан ғалаба тақдим этди. Моуринью четлатилди  132 02:49ОЧЛ 2. "Истиқлол" жавоб учрашувида ҳам "Ал Ҳуссайн"га ютқазиб, мусобақани тарк этди  0 01:00ЕЧЛ. "Галатасарой" плей-оффнинг илк баҳсида "Ювентус"ни йирик ҳисобда таслим этди  15 00:03Элит ОЧЛ. "Трактор" "Ал Ғарафа"ни мағлуб этди. "Ал Иттиҳод" "Ал Садд"ни таслим этди (умумий гуруҳ босқичининг якуний жадвали)  1 23:39Эшитдик-да! Ҳусайн Норчаев "Навбаҳор"га ўтмоқда  9 23:24Сака ва "Арсенал" шартномани узайтирди. Букайо клубда энг юқори ҳақ оладиган ўйинчига айланади (BBC)  8 22:59МЮ Рэшфорд учун "Барселона"га чегирма беришни режалаштирмаяпти  3 22:24"Пахтакор" голларга бой кечган назорат учрашувида Грузия клубига ютқазди  13 22:10ОКМК назорат учрашувида Грузия клубига ютқазди  2 21:30"Бухоро" Россия клуби билан дуранг ўйнади  0 21:06Каннаваро: "ВАР протоколини ҳозироқ ўзгартириш лозим - хатолар чемпионат натижаларига таъсир кўрсатиши мумкин"  3 20:32Рафинья: "Қоидалар ҳамма учун турлича бўлиши жуда оғир"  55 19:57"Арсенал" "Атлетико" ҳужумчиси учун 120 млн евро таклиф қилган, аммо рад жавобини олган  4 19:35Кевин Де Брюйненинг эҳтимолий қайтиш санаси айтилди  0

"Navbahor": Dastlabki yig'in yakunlandi Yangiliklar

"Navbahor": Dastlabki yig'in yakunlandi

Teglar :  Navbahor
Bugun Namanganda tashkil etilgan dastlabki o'quv-mashg'ulot yig'ini yakunlandi.

Yig'in so'nggida jamoa birinchi liga vakili Uychining “Xotira-79” jamoasi bilan nazorat o'yinida maydonga tushdi. “Navbahor-Umid” futbol maktabining suniy qoplamali maydonida bo'lib o'tgan o'yinda uychiliklar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Uchrashuv debyutida Tohir SHamsitdinov jarima maydonchasiga etkazib berilgan to'pni darvozaga yo'llab hisobni ochishga erishgandi. Birinchi bo'limning o'zida Davron Isoqov va Sohib Abdullaevlar Akmal Ortiqov darvozasiga bittadan to'p kiritib, “Xotira-79” jamoasini hisobda oldinga chiqib olishini taminlashdi. Futbolchilarda gol urish bir qator imkoniyatlar bo'lishiga qaramay hisob o'zgarishsiz qoldi.

"Navbahor" uchrashuvni quyidagi tarkibda o'tkazdi: Akmal Ortiqov, Tohir SHamsitdinov, Azizbek Mamazoyitov, Ilhom Boydedaev, Dilshod Jabborov, Azam Aliev, G'ayrat Jo'raev, Azizbek Turg'unboev, Alisher Mahmudov, Ravshan Xursanov, Abdumalik Abdullaev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Abdulaziz Sultanov, Bilol SHarofiddinov, Ilhom Aliboev, Mirzohid Mamatxonov.

SHu o'rinda “Xotira-79” jamoasi safida faoliyatlari davomida “Navbahor” klubi sharafini himoya qilgan Sohib Abdullaev Davron Isoqov, Rahmon O'rinov, Farhod SHokirov Muhammad Rasulov, Botir To'raboev, Bahrom Yo'ldoshev, Sardor Telyakov va Sanjar Toshpo'latov kabi futbolchilar to'p surishdi.

Uchrashuvdan keyin futbolchilarga yangi yil bayrami munosabati bilan qisqa muddatlik tatil elon qilindi. Jamoamizning navbatdagi yig'ini 2017 yilning 4 yanvar sanasida Toshkentda boshlanadi. Aynan shu yig'in chog'ida tarkibga bir qator yangi futbolchilarni qo'shilishi rejalashtirilgan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика