"Navbahor": CHoyga ruxsat berildi
17 mar 2016 14:14
Yangiliklar


"Navbahor": CHoyga ruxsat berildi
Mavsumlar oralig'ida jamoamizga taklif etilgan janubiy koreyalik futbolchi Xyunyeon CHoyga nihoyat shifokorlar maydonga tushishiga ruxsat berishdi.
Xabaringiz borki, futbolchi avvaliga tibbiy ko'rikdan o'ta olmaganligi sababli malum vaqt davomida yuzaga kelgan muammoni hal qilish bilan mashg'ul bo'ldi. Milliy olimpiya qo'mitasi qoshida faoliyat yuritayotgan tibbiy markaz xodimlari CHoyni chuqurlashtirilgan tekshiruvdan o'tkazishdi. Keyinchalik legioner Respublika kardiologiya markazida ham tekshiruvdan o'tkazildi. Malakali shifokorlar ko'rigidan o'tgan CHoyga nihoyat ruxsat berildi. Endilikda futbolchi jamoa safiga qo'shilib mashg'ulotlarda qatnashishni boshlaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar