"Navbahor" "Buxoro"ga qarshi tayyorgarlikni Toshkentda davom ettiradi
15 may 2017 14:40
Yangiliklar
"Navbahor" "Buxoro"ga qarshi tayyorgarlikni Toshkentda davom ettiradi
Buxoroda o'tadigan o'yingacha vaqt oz qolganligi sababli “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi uchrashuvdan so'ng "Navbahor" azolari odatdagidek qisqa muddatlik dam olish imkoniga ega bo'lishmagandi.
Ikki kun davomida Namanganda shug'ullangan asosiy tarkib vakillari bugun ertalab Toshkentga yo'l olishdi. Poytaxtda o'tkaziladigan ikki kunlik mashg'ulotlardan so'ng Buxoro sari yuzlaniladi. Jamoa azolari 17 may kuni erta tongda ko'hna shahar safariga otlanishadi.
18 may sanasiga belgilangan “Buxoro” va “Navbahor” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni boshlanish vaqti elon qilindi. “Buxoro” sport majmuasidagi bahs soat 18.30da boshlanadi. Har ikki jamoa yoshlari bir kun oldin “Umid” o'yingohida kuch sinashishadi. Yoshlar o'rtasidagi o'yin esa soat 17.30da boshlanadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar