"Navbahor": Bugun futbolchilar poytaxtda to'planishadi
19 jan 2015 13:07
Yangiliklar

"Navbahor": Bugun futbolchilar poytaxtda to'planishadi
Rejaga ko'ra bugun "Navbahor" futbolchilari Toshkent shahrida to'planishadi hamda yangi mavsum tayyorgarligini davom ettirishadi.
Poytaxtda o'tadigan yig'in fevral o'rtalariga qadar davom etadi. Undan tashqari jamoa O'zPFL Kubogi musobaqasida ham ishtirok etishi malum bo'ldi. Bu yilgi rejadan xorij safari o'rin olmaganligini eslatib o'tamiz. Ushbu haftada jamoa azolari Futbol-MED sho'ba korxonasida tibbiy ko'rikdan o'tishadi.
Mazkur yig'in davomida futbolchilar so'nggi marta saralab olinadi va "Navbahor"da qoluvchilar malum bo'ladi. Avval aytib o'tganimizdek, Yuriy Rijko va Aleksandar Leposavichlar bugun safga qo'shilishi ko'zda tutilgan.
Baxtiyor Ashurmatovning jamoada emasligi ayrim futbolchilarning "Navbahor" yig'iniga qo'shilishiga to'sqinlik qilmoqda. Jamoa bosh murabbiyi kelgach yana yangi futbolchilar qo'shilishi mumkin.

Fikrlar