So’nggi yangiliklar

10:45«Барселона» Левандовски билан янги шартнома тузишга тайёр, фақат битта шарт билан  0 10:23Виталий Левченко: "Иккинчи бўлимда назорат қўлимизда бўлишига қарамай вазиятлардан фойдаланмадик"   0 10:21Шуҳрат Қурбонов: "Бизга битта ғалаба зарур эди"  0 09:55«Ливерпуль» Слот учун «Фейеноорд»га қанча товон тўлагани маълум  3 09:31Мбаппенинг «Реал Мадрид»даги маоши маълум  3 09:05Хушбек Қосимов: "Мақсадимиз ёш футболчиларни катта футболга муносиб тайёрлаш"  1 08:39Кутганмидингиз? Тен Хаг ёзда «Манчестер Юнайтед»ни тарк этади  21 08:13Неъматилло Қуттибоев: "Цементчи" Биринчи лигада рақобат ярата олади"  1 07:48«Лестер» бир йиллик танаффусдан сўнг яна АПЛга қайтди  4 07:24Ўзбекистон кубоги. 3-тур баҳслари давом эттирилади  0 07:15ЛаЛига. "Реал Сосьедад" - "Реал Мадрид" 0:1   0 07:10Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон - Эрон 3:3 (пенальтилар 4:5)  0 07:05Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд - Тожикистон 3:3 (пенальтилар 6:5)  1 07:00Футзал бўйича Осиё Кубоги. Вьетнам - Қирғиз Республикаси 2:3  4 06:55U-23 Осиё кубоги. Ироқ - Вьетнам 1:0  0

"Navbahor" bu yil OFK kubogi yarim finaliga chiqqan jamoani mag'lub etdi Yangiliklar

"Navbahor" bu yil OFK kubogi yarim finaliga chiqqan jamoani mag'lub etdi

Teglar :  Abdish OtaNavbahor
Xabaringiz bor, ayni paytda FIFA kunlari munosabati bilan O'zbekiston Superligasida tanaffus yuzaga kelgan.

Bundan unumli foydalanish, futbolchilarning jismoniy formalarini maromida saqlab turish maqsadida, “Navbahor” kecha Qirg'iz Respublikasining sovrindor jamoalaridan biri, mamlakat Premer-ligasining so'nggi ikki mavsumi, yani, 2022 va 2023 yillardagi chempioni, yurtimizning taniqli mutaxassislaridan biri Islom Ahmedov murabbiylik qilayotgan “Abdish - Ota” (Kant) jamoasiga qarshi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Namangan shahar, Davlatobod tumanidagi “Markaziy” stadionida bo'lib o'tgan mazkur o'yinda ustunlik asosan vakillarimiz tarafida bo'ldi va Samvel Babayan shogirdlari mehmonlar darvozasi oldida ko'plab xavfli vaziyatlarni yaratishdi. Ammo ko'plab holatlarda raqib jamoa darvozaboni Kutman Kadirbekov o'z mahoratini namoyish etgan bo'lsa, ayrim vaziyatlarda “Abdish-Ota” himoyachilari hujumlarni bartaraf etishga muvaffaq bo'lishdi.

Uchrashuvdagi yagona golga 42-daqiqada Asadbek Sobirjonov mualliflik qildi.

SHuningdek, 2-bo'limda zaxiradan maydonga tushgan gruziyalik hujumchi Giorgi Nikabadzening zarbasidan so'ng, to'p darvoza ustuniga tekkanligi, qirg'izistonliklarning kam sonli qarshi hujumlarining birida Aleksandr Lobanov to'pni qaytarganligini ham etirof etish lozim.

SHu tariqa, “lochinlar” Qirg'iz Respublikasining amaldagi chempioni ustidan kichik hisobda zafar quchishdi.




Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi

“Navbahor” – “Abdish-Ota” – 1:0 (1:0)
Namangan. “Markaziy” stadioni. 310 tomoshabin.
Hakamlar:
Ibrohim Ismoilov, Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin, G'ayratjon Jo'raev.
Nazoratchi: Fayzullo Hasanov.
Gol: Asadbek Sobirjonov (42).

“Navbahor”: 12.Aleksandr Lobanov, 6.Ibrohim Yo'ldoshev, 7.Azimjon Ahmedov, 8.Siyavash Haqnazari, 11.Asadbek Sobirjonov, 19.SHerzod Abdulboriev, 22.Toma Tabatadze, 23.Yovan Jokich, 24.Dostonbek Abdulxaev, 33.SHodiyor SHodiboev, 77.Abrorbek Ismoilov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: 5.Alijon Alijonov, 21.Giorgi Nikabadze, 71.Navro'zbek Iminjonov.

“Abdish-Ota”: 13.Kutman Kadirbekov, 7.Argen Jumataev, 8.Azim Azarov, 11.Farxat Musabekov, 14.Nurlan Sarikbaev, 20.Kayrat Jirgalbek uulu, 21.Islam Mejitov, 26.Askarbek Saliev, 32.Mirbek Axmataliev, 34.Ayzar Axmatov, 75.Bekjan Saginbaev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: 17.Suxrobbek Berdiev, 33.Xasan Mukbilov, 37.Biymirza Jenishbekov, 55.Erbol Abdujaparov.

Ogohlantirishlar: SH.SHodiboev, A.Ismoilov – M.Axmataliev, F.Musabekov. 




Reyting: +2   

Fikrlar

+1   
25 mar 11:24:21
Khaydarov Khaydarov
ANDIJON 3-0 KIRGIZISTAN U20 TERMA JAMOASI
TAXMIMAN 5000-6000 MING ODAM KIRDI ODDIY O'RTOQLIK O'YINIGA HAM, 310 ODAM KIRGANINI KOʻRIB KULIB YUBORDIM,.)))
+1   
25 mar 08:44:09
.
Ikkal jamoa ortasida katta farq bor adminla. Sal aqlli ishlatila Ogrimedi
   
25 mar 17:30:02
11 АВ ГРУСТЬ.1979
Khaydarov Khaydarov foydalanuvchining fikriga javob berish
ANDIJON 3-0 KIRGIZISTAN U20 TERMA JAMOASI TAXMIMAN 5000-6000 MING ODAM KIRDI ODDIY O'RTOQLIK O'YINIGA HAM, 310 ODAM KIRGANINI KOʻRIB KULIB YUBORDIM,.)))
Rekord qoʻyibdida stadion "liq" "toʻlgan" boʻlsa
   
25 mar 13:06:59
Косонсойчи1991FCRM_04
Khaydarov Khaydarov foydalanuvchining fikriga javob berish
ANDIJON 3-0 KIRGIZISTAN U20 TERMA JAMOASI TAXMIMAN 5000-6000 MING ODAM KIRDI ODDIY O'RTOQLIK O'YINIGA HAM, 310 ODAM KIRGANINI KOʻRIB KULIB YUBORDIM,.)))
Бу гапизга Навбахор мухлислари шунчаки Кулиб куйди
   
25 mar 11:50:20
Farhod
Navbaxor xaqida tema yozildi CHAYNAW BOWLANDI
   
25 mar 10:48:02
Narzulla
Man_Utd Norin foydalanuvchining fikriga javob berish
Aka shu postni siz qo'ydizmi admin sizmisiz ?
ҳа ман қўйдим
   
25 mar 10:46:07
Man_Utd Norin
Narzulla foydalanuvchining fikriga javob berish
қандай фарқ бор?
Aka shu postni siz qo'ydizmi admin sizmisiz ?
   
25 mar 10:37:48
Narzulla
. foydalanuvchining fikriga javob berish
Ikkal jamoa ortasida katta farq bor adminla. Sal aqlli ishlatila Ogrimedi
қандай фарқ бор?
   
25 mar 10:37:35
Narzulla
Man_Utd Norin foydalanuvchining fikriga javob berish
Shu o'yinni kunduzi o'tkazib qo'yursa bo'lmasmidi kechasi projektorlarni yoqib svetni isrof qimastan
футболчилар ҳам одамми? рўза тутган бўлса ҳам қуёш тагида ўйнайверсин тўғрими?
   
25 mar 10:06:14
Man_Utd Norin
TeMuR1994 foydalanuvchining fikriga javob berish
qirg'izlar nima deb yozdi ekan osito grandi Al hilol bilan tengma teng o'ynagan jamoa bizga bittagina go'l uroldi deb yozgandur)))
))))
   
25 mar 10:05:58
Man_Utd Norin
Shu o'yinni kunduzi o'tkazib qo'yursa bo'lmasmidi kechasi projektorlarni yoqib svetni isrof qimastan
   
25 mar 09:49:42
TeMuR1994
qirg'izlar nima deb yozdi ekan osito grandi Al hilol bilan tengma teng o'ynagan jamoa bizga bittagina go'l uroldi deb yozgandur)))
   
25 mar 09:17:44
Ўзбек футболининг муҳлиси
Шу Ислом Аҳмедовни таниганимга 20 йил бўлган бўлса, 20 та жойда ишлаган бўлса керак, яна билмадим...
   
25 mar 08:53:02
Хайрулла 777
Гап йук Абдиш ота ярим финалга борган буса
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика