"Navbahor": Boboev vazifasidan ozod etildi

Narzulla Saydullayev
10 sen 2019, 16:33
“Navbahor” PFK direktori Baxtiyor Melievich Boboev o'z arizasiga binoan vazifasidan ozod etildi.

Bu haqda “Navbahor” PFK matbuot xizmati xabar berdi. Ma'lumot uchun, Baxtiyor Boboev shu yilning aprel oyida "Navbahor" klubi direktori etib tayinlangan edi. 

Baxtiyor Boboev futbolchilik faoliyati davomida “Navbahor”da to'p tepgan, keyinchalik ushbu jamoada turli lavozimlarda, shuningdek, “Mashal” hamda “Bunyodkor” klublarida faoliyat olib borgan. U “Navbahor”ning 1996 yilgi mavsumda chempionlik unvonini qo'lga kiritishida munosib hissa qo'shgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia