So’nggi yangiliklar

11:22"Бавария" ва Дэвис 4 йиллик янги шартнома бўйича келишувга эришишга яқин  1 11:00Бугун Пеп Гвардиола таваллуд топган кун. Мураббийнинг ҳаётий сабоқларини ўқинг  2 10:43Холанднинг янги шартномасида иккита клубга кетиши мумкинлиги ҳақидаги банд бор  3 10:07«Барселона» «Ливерпуль» футболчисига 70 миллион евро тўламоқчи  0 09:30Абдулвоҳид Ғуломов: «2025 йилги мавсумда муносиб иштирок этишга ҳар томонлама пухта тайёрланяпмиз»  4 08:48Мармушниннг «Манчестер Сити»даги ойлиги маълум  3 08:14Sofascore. Шомуродов ва унинг жамоадошлари «Женоа»га қарши неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:43Фарруҳ Зокиров: «Яратган вазиятларимизни голга айлантира олмадик»  0 02:40А Серия. "Рома" "Женоа"ни мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  12 02:25Бундеслига. "Боруссия" кетма-кет учинчи мағлубиятини қабул қилиб олди  2 01:58Расман: Хвича - ПСЖ футболчиси!  5 01:30"Манчестер Юнайтед" тарихидаги энг яхши тўпурарлардан бири вафот этди  0 00:52"Манчестер Юнайтед" ва ПСЖнинг собиқ футболчиси "Бока Хуниорс"га ўтди  0 00:26Абдуқодир Ҳусанов тиббий кўрикдан ўтди  17 00:15Саудия Арабистони. "Ал Насср" яна очко йўқотди  3

"Navbahor" barchasini to'g'ri qildi. Babayan "B" rejani navbatdagi o'yinga qoldirdi. Ammo... (tahlil) Yangiliklar

"Navbahor" barchasini to'g'ri qildi. Babayan "B" rejani navbatdagi o'yinga qoldirdi. Ammo... (tahlil)

Teglar :  NavbahorMumbay Siti
"Navbahor" jamoasi kecha o'z tarixida ilk bor Namanganda OCHL uchrashuvini qabul qildi.

Samvel Babayan va uning jamoasi mana shu ishni uddasidan chiqa oldi. O'yinning afishasi, targ'ibot, ortiqcha qiziqtirish shart emasdek. CHunki Namanganga "Navbahor" o'yinlarini ko'rish uchun shundoq ham muxlisning o'zi kiradi. Usta ishini, bozorchi savdoni, hisobchi kassasini to'xtatib bo'lsa ham o'yinga oshiqadi. Kecha "lochinlar" natija bilan ularni vaqtini ketkazganiga pushaymon qildirmadi-yu, lekin ayrim jihatlarda ranjitishga ham ulgurdi. Quyida shu haqida batafsil so'z boradi. 


CHiptalar bor, chiptalar 

Uchrashuvga chiptalar ancha avval chiqarilgan, aftidan klubda chiptaga masul shaxslar yuqoridagi biz kabi fikr yuritishgan. Narx esa barcha toifadagi o'rindiqlar uchun bir xilda 100 ming so'm! OCHL uchrashuvi va raqibning darajasidan kelib chiqib aytganda bu narx o'yinga mos emasdi. Deylik ashaddiy muxlis, qanday narx bo'lsa ham o'yinga chipta olib tushadi. Ammo bu stadionga keladigan qolgan muxlislar bilan o'lchanmasligi kerak. 100 ming so'mni juda qimmat ham demoqchi emasmiz. Ammo barcha sektorlar, darvoza orti, oddiy o'rindiqlarga fikrimcha bu to'g'ri kelmaydi. Klubning asosiy xatosi chipta narxlarini toifalarga qarab ajratmagani. Bordi-yu, kecha "Al Hilol" kelganida ham boshqa gap edi. 

Endi Qarshida kechgan raqibi kechagi "Mumbay Siti"dan ikki, uch karra kuchliroq "Al Sadd" bilan o'yin uchun 4 xil toifadagi chiptalar hamyonbop tarzda elektron tarzda sotildi. 

CIP sektor — 100 000 so'm;

1,2,6,7,8 sektorlar — 50 000 so'm;

3,4,9,10,11 sektorlar — 40 000 so'm;

12,13,14,15,16,17,18 sektorlar — 45 000 so'm;

Qanday narx belgilash bu klubning olib boradigan siyosati. Ammo stadionga kelib aytilgan narxga chipta oladigan 2 kishi bilan qolgan 10 kishining solishtirish va bir hilda narx belgilash qanchalik to'g'ri bilmadim. Umid qilamanki, navbatdagi o'yinlarda bu boradagi takliflarni inobatga olishadi. G'alaba fonida bu kabi muammolar ko'rinmasligi mumkin. Ammo klub 1ta muxlis uchun ham qayg'urishi va barchasini to'g'ri chamalashi kerak. 

Birinchi bo'lim uchun O'tkir Yusupovga rahmat 

"Navbahor" raqibning darajasidan kelib chiqib bu uchrashuvni o'zi uchun muammosiz hal qilishi kerakdek edi. Ammo OKMKda bo'lgani kabi raqibga to'g'ri baho bermaslik, ilk daqiqalardan oson yutish kayfiyati ustunlik qilganidanmi harakatlarda aniqlik, oldingi chiziqda jamoa bo'lib harakat qilish ikkinchi planga tushib qolyapti. Deylik garchi o'yin asosan maydon markazida kechganiga qaramay kichik ustunlik mehmonlarda edi. Buning natijasida ular birinchi bo'limda "lochinlar" darvozasi tomon 2 bor aniq zarba yo'lladi. Yusupov bu zarbalarni qaytara oldi va o'z hisobiga 2ta seyv yozdirib qo'ydi.  "Mumbay Siti" futbolchilari jami 244 bor uzatmani amalga oshirdi va shundan 202tasi aniq chiqdi. Hujumlar sonida ham kichik ustunlik bor 49/51. "Navbahor" 3ta aniq zarba yo'lladi va bari noaniq ketdi. "Navbahor" to'p bilan raqib tomonga bora oldi, lekin jarima maydonchasi ichida qaror qabul qilishda kechikdi. Gohida Toma gohida Jasur yolg'izlanib qoldi. 

Birinchi bo'lim Desmond Bukingemning rejasi asosida kechdi. Ular "Navbahor"ning hujumlarini bloklay oldi va aniq paslar bilan oldinga o'tdi. 43-daqiqada qanotdan berilgan uzatmadan so'ng to'p Ibrohim Yo'ldoshevning qo'liga tegdi. Penaltini esa O'tkir Yusupov qaytardi. 

Ikkinchi bo'lim individual mahorat samarasi 

Jarima maydonchasi ichida ishlar yurishmagan, raqib etarlicha himoyalanayotgan vaqtda individual mahorat, uzoqdan zarbalar yordamga kelishi kerak. "Navbahor" tarkibida Oston O'runov, Jasur Yaxshiboev, Jamshid Iskanderov kabi bunday vaziyatlarda o'yinni hal qila oladigan ijrochilar etarlicha. 52-daqiqada Jasur Yaxshiboevning pasini Jamshid Iskanderov to'xtatmay darvozaga yo'lladi. Iskanderov bunday nuqtalardan avval ham gol urgan. 

57-daqiqada Oston O'runov hindistonlik raqibiga to'p bilan o'ynashdan dars berdi. Qochib ketdim bobomdan, qochib ketdim momodan, sendan qochish hech gapmas, deya ortda qoldirib to'ni ochiq turgan Yaxshiboevga uzatdi. U esa ikkinchi golni urdi. Ikkinchi bo'lim to'liqligicha "Navbahor"niki edi. "Lochinlar" o'yinning navbatdagi qismida raqibini o'z jarima maydonchasiga yaqinlashtirmadi. 

Babayan "B" rejasini navbatdagi o'yinlarga qoldirdi

Uchinchi gol esa juda oson urilganini aytish mumkin. Temurxo'ja Abduxoliqovning pasini Doniyor darvozabonning ustidan oshirib golga aylantirdi, tamom. 

O'zaro muhokamalarda agarda o'yin tizgini birinchi bo'limdagi kabi davom etaversa, Doniyor Abdumannopov Qatarda bo'lgani kabi qutqaruvchi vazifasini bajarishi haqida aytgandim. "Navbahor" futbolchilari Samvel Babayanga "B" rejasiga o'tishiga imkoniyat qoldirmadi. SHunchaki o'zlarining kuchli tomonlaridan foydalanishdi, xolos. Doniyordan esa xotirjam so'nggi daqiqada foydalandi. G'alabani jamoaviy o'yin emas, individual mahorat mahsuli desak to'g'ri bo'ladi. 


SHu kuni Igor Golban hujumlarni boshlashda faol harakat qildi va 3ta golda ham birinchi yurishni boshlab berdi. Qolganini jamoadoshlari muvaffaqiyatli yakunlashdi. Jasur Yaxshiboev bitta gol urishdan tashqari Iskanderovga to'pni qulay tarzda etkazib ham berganini aytish joiz. Mezbonlar shu kuni gollar urdi, vaziyatlar yaratdi, penaltini qaytardi. Lekin bu etarli emas. Raqibga munosabat u Bangladesh bo'lsa ham hakam hushtagi chalingan lahzadan boshlab so'nggi soniyagacha jiddiy bo'lishi shart.

"Navbahor" OCHD doirasidagi navbatdagi uchrashuvini 23 oktyabr kuni Namanganda "Nassaji Mazanderan"ga qarshi o'tkazadi. 

Muallifning telegram kanali - PRESSBALL

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика