So’nggi yangiliklar

22:03ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  0 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  43 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  0 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  9 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  5 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  2 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  1

"Navbahor" 23 yildan so'ng yana xalqaro maydonga qaytdi yoxud avvalgi barcha natijalarni yodga olamiz Yangiliklar

"Navbahor" 23 yildan so'ng yana xalqaro maydonga qaytdi yoxud avvalgi barcha natijalarni yodga olamiz

Namanganning "Navbahor" jamoasi bugun OCHL tomon o'z yurishini boshlaydi.

O'z tarixida ilk bor bu musobaqada ishtirok etayotgan klub o'zining eng gullagan davrida ham xalqaro maydonda to'p tepgan. Bundan katta avlod vakillari xabardor. Garchi batafsil tarkiblar, qaydnomalar saqlanib qolmagan bo'lsa-da, raqiblar bilan o'yinlardagi natijalari bor. 

"Navbahor" o'z tarixida 3 marotaba Osiyoning klublar o'rtasidagi musobaqasida ishtirok etgan. 

1996/1997 yilgi mavsumda O'zbekiston Kubogining amaldagi sohibi sifatida OFK klublar o'rtasidagi ikkinchi nufuzli turnir — Osiyo Kubogi egalari Kubogida ishtirok etib, ikkinchi saralash bosqichida to'xtagan edi.

1997/1998 yilgi mavsumda Namangan klubi Osiyo CHempionlar Kubogida (hozirgi OCHL deb ataladi) O'zbekistonning amaldagi chempioni sifatida ishtirok etib, guruhdan chiqa olmagan.

"Navbahor" o'z tarixida uchinchi va hozircha oxirgi marta 1999/2000 yilgi mavsumda Osiyo klublar musobaqasida qatnashgan. 1998 yilgi O'zbekiston Kubogining amaldagi sohibi sifatida Osiyo Kubogi egalari kubogida ishtirok etgan va yarim finalga qadar etib borgan.


KLUBLAR O'RTASIDAGI OSIYO CHEMPIONATIDA

1997/1998
Birinchi bosqich, Markaziy Osiyo

"Navbahor" 3:0 "Dinamo" (Tojikiston)
"Dinamo" 2:1 "Navbahor"

Ikkinchi bosqich, G'arbiy Osiyo
"Navbahor" 6:1 "Nisa"
"Nisa" 2:2 "Navbahor"

Guruh bosqichi (Livanda markazlashgan turnir)
1-tur

"Al Ansor" (Livan) 0:0 "Navbahor"
2-tur
"Al Hilol" (Saudiya Arabistoni) 3:1 "Navbahor"
3-tur
"Persepolis" (Eron) 1:1 "Navbahor"

"Navbahor" ikki ochko bilan guruhda uchinchi bo'lgan. Yarim finalga guruhdan "Persepolis" (7 ochko) va "Al Hilol" (6 ochko) yo'l olgan.





OSIYO KUBOK EGALARI KUBOGI MUSOBAQASIDA

1996/1997 yil
Birinchi bosqich

"Navbahor" 4:1 "Al-Quva Al-Javiya" (Iroq)
"Al-Quva Al-Javiya" 5:2 "Navbahor" (safarda ko'proq gol urgani uchun "Navbahor" keyingi bosqichga chiqqan)

Ikkinchi bosqich
"Navbahor" 4:1 "Istiqlol" (Eron)
"Istiqlol" 3:0 "Navbahor" (safarda ko'proq gol urgani uchun "Istiqlol" keyingi bosqichga chiqqan)


1999/2000 yil
Birinchi bosqich
"Navbahor" to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi bosqichdan boshlagan.

Ikkinchi bosqich
"Qaysar" (Qozog'iston) 2:2 "Navbahor"
"Navbahor" - "Qaysar" 1:0

Uchinchi bosqich
28.01.2000
"Al-Ahli" (Saudiya Arabistoni) 6:1 "Navbahor"
25.02.2000
"Navbahor" 2:0 "Al-Ahli" ("Al Ahli" OFK tomonidan bir yilga diskvalifikaciya qilingani uchun yarim finalga "Navbahor" chiqqan)

Yarim final (Tailand, markazlashgan turnir)
13.04.2000
"Navbahor" 1:2 "Al-Zavra" (Iroq)
Gollar:
SHerzod Nazarov 36 - Ahmed Sable 45, Hesham Muhammad 102.

Uchinchi o'rin uchun o'yin (Tailand, markazlashgan turnir)
15.04.2000
"Bangkok Bank" (Tailand) 3:1 "Navbahor"
Gollar:
Apichad Tavichalermdit 4 penalti, Apirak Sriarun 36, Navi Xatixakreangkrai 38 - SHuhrat Mirxoldirshoev 23.


"Navbahor" bugun qanday natija qayd etadi?

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика