"Navbahor" 2 yildan so'ng o'z maydonida yutqazdi
30 noy 2018 18:01
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/465131_original.jpg)
![](/upload/storage/465131_220.jpg)
"Navbahor" 2 yildan so'ng o'z maydonida yutqazdi
Superliganing 32-turida "Navbahor" klubi "Lokomotiv"ni qabul qilib 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
SHu tariqa, "Navbahor"ning o'z maydonidagi 2 yillik mag'lubiyatsiz seriyasi yakuniga etdi.
"Lochinlar" oxirgi bor 2016 yilning 29 oktyabr kuni o'z uyida "Qizilqum"ga yutqazishgandi (0:2). O'sha mag'lubiyatdan 2 yil, 1 oy va 1 kun o'tgach jamoa Namanganda yutqazdi.
2017 va 2018 yilgi mavsumda "Navbahor" o'z maydonida ketma-ket 30ta uchrashuvda hech qaysi jamoaga imkoniyatni boy bermadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar