Navas: "Zidandan minnatdorman, rahmatni esa o'z o'yinim bilan aytaman"
08 iyu 2017 18:14
Yangiliklar
Navas: "Zidandan minnatdorman, rahmatni esa o'z o'yinim bilan aytaman"
"Real" posboni Keylor Navas jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidanga minnatdorchilik bildirdi.
"Mavsumni jarohat bilan boshladim va uning oqibatlarini yo'qotish qiyin bo'ldi. Hammasi engil o'tishini istagan edim, biroq o'xshamadi. Endi o'zimni yanada kuchliroq his qilyapman. Sovrinlarni qiyinchilik bilan qo'lga kiritdik va buning uchun ko'p kuch sarfladik. Menga yordam bergan insonlarga, Zidanga minnatdorchilik bildirmoqchiman, rahmatni esa o'yinim bilan aytaman" - deydi Navas.
Fikrlar