Navas va Donnarumma o'rtasidan "ola mushuk" o'tdi
22 dek 2021 19:49
Yangiliklar
Navas va Donnarumma o'rtasidan "ola mushuk" o'tdi
PSJ posbonlari Keylor Navas va Janluiji Donnarumma o'rtasidagi munosabatlar yaxshi emas.
Yozgi transfer oynasida PSJ Janluiji Donnarumma bilan shartnoma imzoladi, hozirda italiyalik golkiper Keylor Navas bilan asosiy tarkibdagi o'rin uchun kurashmoqda.
Franciyaning L’Equipe nashri darvozabonlar o'rtasida ziddiyat yuzaga kelgani haqida xabar berdi. Manbada Navasning "Nicca" darvozaboni Marchin Bulka bilan suhbatidan parcha keltirilgan. Ularning ikkalasi ham bitta brend ostidagi qo'lqop kiyishadi. PSJ posboni: "Faqat kuchli darvozabonlargina shunday qo'lqop kiyadi", — dedi. Boshqa brenddagi qo'lqop kiyadigan Donnarumma esa bu o'z bog'i tomon otilgan tosh ekanligini tushundi.
Eslatib o'tamiz, 2021/2022 yilgi mavsumda Janluiji Donnarumma PSJ tarkibida 11 ta, Keylor Navas esa 15 ta o'yinda maydonga tushgan.
Fikrlar