Navas: "Real" javob o'yinida ham "Bavariya"ni mag'lub etmoqchi"
26 apr 2018 11:22
Yangiliklar


Navas: "Real" javob o'yinida ham "Bavariya"ni mag'lub etmoqchi"
"Real" darvozaboni Keylor Navas "Bavariya"ga qarshi bo'lib o'tgan CHempionlar ligasi yarim final ilk uchrashuvi (2:1) haqida fikr bildirdi.
"Bunday o'yinlarda mentalitet jihatdan kuchli bo'lib qolish kerak. Jamoadoshlarim ajoyib o'ynashdi, biz xursand bo'lib qaytyapmiz. "Bavariya" - kuchli jamoa, ularda yaxshi futbolchilar bor. Raqib taslim bo'lmadi, ammo biz g'alabani ushlab qoldik.
Xotirjamlikni saqlashimiz va bajarayotgan ishimizga ishonishimiz lozim. O'z maydonimizda o'tadigan javob o'yinida bor kuchimizni ishga solib, bu bahsda ham g'alaba qozonish niyatidamiz" - deydi Navas.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar