Navas Kosta-Rikaga koronavirusga qarshi kurashish uchun 200 ming evro taqdim qildi
29 mar 2020 14:57
Yangiliklar
Navas Kosta-Rikaga koronavirusga qarshi kurashish uchun 200 ming evro taqdim qildi
PSJ posboni Keylor Navas koronavirusga qarshi kurashish uchun Franciyadan Kosta-Rikaga mablag' jo'natdi.
"AS" xabariga ko'ra, darvozabon o'z samolyotida oilasi bilan uchib borgan va ona davlati uchun 200 ming evro taqdim qilgan.
U Kosta-Rikada 14 kun davomida karantin holatida bo'ladi va keyinchalik uyiga boradi.
Franciyada "Covid-19" bilan zararlanganlar soni 37,5 mingdan oshadi. SHulardan 2,3 mingdan ko'prog'i vafot etgan.
Fikrlar